2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Lalmi yerlarda beda yetishtirish. Lalmi yerlarda ham beda muhim yuqori 
sifatli, serhosil o„simlikdir, bedaning yaxshi rivojlangan ildizi tuproqning chuqur 
qatlamlaridagi suvni o„zlashtirib yaxshi rivojlanadi va tabiiy pichanzorlarga 
nisbatan yuqori hosil beradi. O„rtacha lalmi yerlarda gektaridan 10-30 sentner 
pichan va 1,5-2,5 sentner urug„ olinadi.


241 
Tuproqning yuza qatlami (0-40 sm) da 37-89 s ildiz va ang„iz qoldig„i 
to„planadi, tuproqni azot bilan boyitadi va unumdorligini oshiradi. Bedadan 
bo„shagan yerlarga don, moyli, sabzavot va boshqa ekinlar ekiladi.
Lalmi yerlarda bedaning ekma turi tarqalgan, yashash muddati 20-25 yil, 
odatda 4-5 yil yashaydi. Nam yetarli bo„lgan yillari 12 yilgacha qoniqarli hosil 
olinadi. Birinchi yili beda sekin o„sadi, balandligi 25-50 sm bo„ladi. Ikkinchi va 
keyingi yillarida beda erta bahorda o„sabo shlaydi, balandligi 60-100 sm gacha 
etadi, 10-20 mayda gullaydi.
Tog„oldi va tog„ lalmi yerlarda ikkinchi o„rim ham olish mumkin.
Beda, albatta, shudgorlangan yerga ekiladi. yer 23-25 sm chuqurlikda 
shudgorlanadi. Shudgorlashdan oldin begona o„tlarning turiga va soniga qarab 
tuproq yuza 4-5 yoki 8-10 sm chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda namni saqlab 
qolish uchun borona qilinadi. Ekishdan oldin mola bostiriladi. Kuzgi haydashdan 
oldin gektariga 50-60 kg dan fosfor solinadi.
Beda erta bahorda (fevral-mart) ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab ekiladi. 
Nam kam yerlarda qator orasi 30 sm bo„ladi. Urug„ ekish me‟yori gektariga 8-12 
kg. Beda sof holda ekiladi. Ekish chuqurligi tuproqning namligiga qarab 1,5-4 sm 
bo„ladi.
Qatqaloq hosil bo„lsa maysalar unib chiqquncha yer engil borona qilinadi. 
Birinchi beda sekin o„sadi, begona o„tlar ichida siqilib qoladi. Begona o„tlarni 
yo„q qilish uchun beda iyul oyida juda past o„rib olinadi. Ikkinchi va uchinchi yilgi 
beda erta bahorda boronalanadi, ancha eski bedapoyalar disklanadi. 
Boronalangandan keyin tuproq yumshaydi, nam yaxshi saqlanadi, begona o„tlar 
kamayadi, beda yaxshi shoxlaydi. Yem-xashak uchun yetishtirilgan beda gullash 
davrining boshlanishida o„riladi. Barg to„kilib ketmasligi uchun tez yig„ib olinishi 
kerak. Tup soni siyraklashgan (1 m
2
-14-20 tup) begona o„tlardan toza bedapoyalar 
urug„ga ajratiladi. Urug„ faqat birinchi o„rimidan olinadi. Dukkagi 80-90% 
qorayganda kombayn bilan yig„ishtirib olinadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish