• Ekish muddati
  • Ekish usuli va me‟yori
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet163/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Urug„ni ekishga tayyorlash. Beda urug„i sifati bo„yicha GOST talabiga 
    javob berish lozim. Ko„k beda urug„ining tozaligi 92-98%, unuvchanligi 70-95%, 
    sariq bedaniki 90-97%, 60-85% dan kam bo„lmasligi kerak. Begona o„t urug„idan 
    beda urug„ini "Kleyton", "Triumf" VS-8M va OS-1, OSM-3U, SP-0,5 
    mashinalarida tozalanadi. Zarpechak va kakra urug„idan tozalash uchun maxsus 
    "Kuskut", va "EMS-1" saralovchi elektromagnit mashinalaridan foydalanish 
    lozim. Beda urug„xo„ri bilan zararlangan urug„lar osh tuzi eritmasiga solinadi (1 
    litr suvga 300 g tuz solinadi), bunda zararlangan urug„lar suv betiga chiqadi.
    Ekish muddati. O„zbekistonning sug„oriladigan yerlarida beda bahorda, 
    yozda va kuzda ekiladi, lalmi yerlarda esa kuzda, yog„ingarchilik boshlanishidan 
    oldin ekiladi.


    237 
    O„zbekistonning tuproq-iqlim haroitini hisobga olib, beda janubiy 
    viloyatlarda fevralning oxirida, markaziy viloyatlarda - martning birinchi o„n 
    kunligida va shimoliy viloyatlarda - martning ikkinchi o„n kunligida ekiladi.
    Ekish usuli va me‟yoriBeda sof holda yoki boshqa yem-xashak o„simliklar 
    bilan qo„shib ekiladi. Beda sof holda oddiy don ekadigan seyalkada, gektariga 12-
    16 kg dan 2-3 sm chuqurlikka yoppasiga qatorlab ekiladi. Ekilgan yili bedani 
    birinchi o„rimidan kam hosil olinadi, shuning uchun har xil o„simliklar bilan 
    qo„shib ekiladi. Beda bahordi yoki kuzda qoplovchi o„simliklar: xashaki bug„doy, 
    arpa, suli, javdar, tritikale bilan qo„shib ekiladi. Bedani gektariga 14-16 kg, don 
    ekinlarini esa 40-60 kg miqdorida ekish tavsiya yetiladi.
    Bu aralashma yoppasiga qatorlab ekiladi, qator orasi 13-15 sm bo„ladi, 
    ekinlar qator almashib joylashadi, don-o„t ekadigan seyalkada ekiladi. Beda bir 
    yillik dukkakli o„tlar shabdar va bersim bilan ham qo„shib ekiladi. Bu 
    o„simliklarning ekish me‟yori 8-10 kg, bedaniki 10-12 kg.
    Beda sudan o„ti bilan qo„shib ekiladi. Bedaning ekish me‟yori 16-20 kg, 
    sudan o„ti 12-14 kg ekiladi. Bedaning birinchi yilgi hamma o„rimida sudan o„ti 
    bo„ladi, chunki u bir yillik ko„p o„rimli o„simlikdir. Gektaridan olinadigan hosil 
    ancha oshadi va etishtirilgan ko„kat yoki pichan tarkibida oqsil va ozuqa birligi 
    nisbati zootexniya talabiga to„g„ri keladigan bo„ladi. Beda ko„p o„illik dukkakli va 
    qo„ng„irbosh o„tlar bilan ham qo„shib ekiladi. O„zbekistonda ko„pincha bedaga 
    qizil sebarga, bargak, qashqarbedasi, bug„doyiq , oq so„xta, mastak kabi 
    o„simliklar qo„shib ekishga tavsiya qilingan. Bu aralashma madaniy 
    sug„oriladigan yaylov barpo etish uchun tavsiya qilinadi. Bedani o„sib turgan 
    makkajo„xori, jo„xori va g„o„za qator orasiga ekish ham mumkin, ammo bunda 
    hosili acha kamayadi. Bu ekish usuli kam qo„llaniladi.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish