• Beda urug„chiligi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet166/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Bedapoyani haydash. Oxirgi o„rimdan keyin to haydash muddatigacha 
    bedapoyada mol boqish mumkin. Keyin maxsus yumshatgich (lushchilnik) yoki 
    otvali olingan oddiy plugda 58 sm chuqurlikda haydash lozim, bunda beda ildizi 
    kesiladi, o„sishdan to„xtaydi, quriydi. Oradan 10-15 kun o„tgach 23-30 sm 
    chuqurlikda PL-5-35 rusumli plugda ikki yarusda haydash lozim, bunda bedaning 
    qayta o„sib chiqishi ancha kamayadi.
    Odatda beda 2-3 yildan keyin haydaladi, lekin beda yaxshi parvarishlangan 
    bo„lsa ko„p yillar davomida yaxshi hosil beradi.
    Beda urug„chiligi. Amalda olinayotgan beda urug„ining hosili uning 
    biologik imkoniyatiga nisbatan olingan. Urug„ yetishtirish uchun beda maxsus 


    240 
    ekiladi yoki eski bedalarning 1-2 o„rimi urug„ga qoldiriladi. Urug„ olish uchun 
    beda maxsus ekiladigan bo„lsa, beda keng qatorlab ekiladi. Urug„ ekish me‟yori 6-
    8 kg/ga, ekish chuqurligi 2-3 sm. Maxsus ekilgan yerlarda ikki o„rimdan ham 
    urug„ olinadi. O„suv davrida qator orasi 2-3 marta yumshatiladi. Urug„ 
    etishtiriladigan bedapoyalarda tuproq namligi o„rtacha 65% bo„ladi. Bu namlikni 
    yaratish uchun bedaning birinchi o„rimi bir marta sug„oriladi, ikkinchi o„rimi ikki 
    marta sug„oriladi. Albatta, bu sizot suvlarinin joylashish chuqurligiga bog„liq. 
    Sug„orish miqdori 600-700 m
    3
    /ga. Urug„ yetishtirish uchun fosforli va kaliyli 
    o„g„itlardan tuproqqa ishlov berishda yoki o„suv davrida solinadi. 
    Mikroo„g„itlardan bor ko„proq qo„llaniladi, u gektariga 2-3 kg dan mineral 
    o„g„itlarga qo„shib solinadi.
    Eski bedapoyalarning birinchi yoki ikkinchi o„rimi urug„ uchun qoldiriladi. 
    Biologik xususiyati bo„yicha birinchi o„rim urug„ga qoldirilgani ma‟qul, ammo 
    bahorda fitomnomus bilan beda ko„p zaralanadi, yog„ingarchilik ko„p bo„lgan 
    yillari beda ko„p o„sgan bo„ladi, begona o„tlar ham ko„p bo„ladi, shuning uchun 
    ishlab chiqarishda ko„pincha bedaning ikkinchi o„rimi urug„ga qoldiriladi. Bu 
    holda bedaning birinchi o„rimi muddatidan oldinroq ko„kat olish uchun o„rilishi 
    lozim.
    Urug„ olish uchun bedapoyalarni tupi siyraklashgan, suv to„panib 
    qolmaydigan, yer osti suvlari chuqur joylashgan maydonlar tanlab olinadi. 
    Urug„lik o„rimida me‟yorda mineral o„g„itlar yuqorida aytilgan miqdorda solinadi, 
    sug„oriladi. Dukkagi 78-80% qo„ng„ir tusga kirganda don kombayn yordamida 
    o„riladi. Agar kombayn bo„lmasa o„roq mashinalarida o„riladi, quritiladi, 
    yanchiladi, tozalanadi. Tozalangan va saralangan urug„ namligi 13-14% bo„lganda 
    yaxshi saqlanadi. Dukkagi to„kilmasligi uchun beda ertalab o„rilgani ma‟qul.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish