2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Bedani parvarish qilish. Beda o„suv davrida sug„oriladi, qo„shimcha o„g„it 
solinadi va boronalash, disklash ishlari olib boriladi, zarur bo„lganda 
zararkunandalarga qarshi kurashiladi.
Sug„orish. Beda namsevar o„simlik, shonalash davrigacha tuproq namligiga 
talabchan bo„ladi. Nam yetarli bo„lsa ko„p hosil olish mumkin. Sug„orish soni, 


238 
me‟yori, muddati bedaning yoshiga, o„rimiga, tuproq-iqlim sharoitiga, sizot 
suvlarning sathiga bog„liq. Birinchi yilgi beda uchinchi yildagiga nisbatan suvni 
kam talab qiladi. Bahorda ekilgan beda 45-60 kunda sug„oriladi. Birinchi 
o„rimgacha 2-3 marta sug„oriladi. Birinchi o„rimdan keyin birinchi va keyingi 
yilgi bedazorni sug„orishda farq bo„lmaydi.
Sizot suvlari chuqur joylashgan engil tuproqlarda bedaning har o„rimi 3 
marta sug„oriladi, sizot suvlari 2 metrdan yuqori joylashgan, nami yetarli 
tuproqlarda beda o„rimi 2 marta sug„oriladi. O„rishga 5-6 kun qolganda 
sug„oriladi, keyin yer tobiga kelganda o„riladi, o„rilgan ko„kat daladan tashib 
chiqarilgandan so„ng darhol sug„oriladi, shunda navbatdagi o„rim tez yetiladi.
Beda ko„pincha bostirib sug„oriladi, biroq bunda yer beti zichlashadi
qatqaloq bosadi, suv ko„p sarflanadi, tuproqning havo rejimi buziladi. Bedani egat 
olib sug„orish yaxshi natija beradi. Egat chuqurligi 12-14 sm, egatlar orasi 60-90 
sm bo„ladi. Egatlar to bedapoya buzilguncha saqlanadi. Sug„orish miqdori 
gektariga 600-700 yoki 80-1000 m
3
.
Beda o„rimi amal davrida ikki marta sug„oriladigan bo„lsa, birinchi suv 
o„rilgandan keyin, ikkinchi suv shonalash davrida beriladi. Beda o„rimi uch marta 
sug„oriladigan bo„lsa, birinchi suv o„rishdan keyin, ikkinchi suv shonalash davrida 
va uchinchi suv o„rishga 5-6 kun qolganda beriladi. Oziq yetishtirish uchun 
rejalashtirilgan o„rimlarda tuproq namligi dala nam sig„imiga nisbatan 75-80% 
bo„lishi kerak.

Download 7.59 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish