• Bedani o„rish
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Boronalash. Ikkinchi va uchinchi yili erta bahorda engil tuproqli yerlarda 
    beda o„sib ketmasidan bedapoya 2-3 marta borona qilinadi, buning natijasida 
    o„sgan begona o„tlar yo„qotiladi, havo rejimi yaxshilanadi, bedani o„sishiga va 
    yaxshi tuplanishiga yordam beradi. O„rilgan beda ko„kati daladan chiqarib o„g„it 
    solinsa, keyin boronalash mumkin, buning natijasida berilgan o„g„it tuproqqa 
    yaxshi ko„miladi. Og„ir loy tuproqlarda boronaning o„rniga diskalardan 
    foydalanish mumkin. Odatda diskalash eski siyraklashgan bedapoyalarda 
    o„tkaziladi, bunda ildiz bo„g„ini 3-4 bo„lakka bo„linadi, bu esa yangi poyalarning 
    paydo bo„lishini tezlashtiradi.


    239 
    Bedani o„rish. Bedani o„z vaqtida o„rib olish eng muhim tadbirlardan 
    biridir, chunki olinadigan hosil va oziqning sifati,to„yimliligi o„rish muddatiga 
    bog„liq. Beda tarkibidagi organik moddalarning miqdori uning rivojlanish davriga, 
    yoshiga va naviga bog„liq. Beda naviga, yoshiga, o„suv davrining davomiyligiga 
    qarab janubiy tumanlarda 5-7, shimoliy tumanlarda 3-5 marta o„rib olinadi. Bedani 
    gullash davri boshlarida o„rish tavsiya qilinadi. Ammo, bu davr ozuqani eng sifatli 
    bo„lgan davri hisoblanadi. Poya o„sish davrida bedada yoshiga qarab 21,4-25,4% 
    oqsil mavjud, 10% shonaga kirganda 19-22,1%. 50% shonaga kirganda 18,3-
    19,3%, 10% gullash davri boshlanganda 17,9-16,8%, 10% gullaganda 15,8-15,4% 
    bo„ladi. Shonalash davrining boshlanishida ko„kat sifati yuqori bo„lgani bilan hosil 
    yuqori bo„ladi. Shu o„zgarishlarni hisobga olib, eng qulay o„rish muddati 
    aniqlanishi lozim. Bedaning hamma o„rimlarini bir davrda o„rish mumkin emas
    chunki bunday holda beda yaxshi rivojlanmaydi, siyraklashadi.
    Beda yer yuzidan 5-6 sm balandlikda o„riladi, bu begona o„tlarni ham yo„q 
    qilishga yordam beradi. Beda tirgakli yoki (KPT-6, KS-2,1, KUF-1,8, KPV-3) 
    osma mexanizmlar yordamida o„riladi. O„rilgan beda yozda 2-3 soat, kuzda va 
    bahorda 5-6 soatdan keyin GK-1, GBU-6 haskash bilan yig„iladi va quritishga 
    yoyiladi. Namligi 35% gacha kamayganda beda saqlanadigan joylarga tashiladi 
    g„aramlanadi, saqlanadigan bedaning namligi 17-20% bo„ladi. Beda quritilib 
    maydalanadi, presslanadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish