• Hosildorligi.
  • Botanik ta‟rifi .
  • Biologiyasi Issiqlikka talabi .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Kelib chiqishi va tarqalishi. Qizil sebarga qadimdan beri Italiya va 
    Gretsiyada ekilmoqda. Sebarganing har xil turlari Yevropa hududida O„rta dengiz 
    sohillarida Osiyo va Afrika tog„larida uchraydi. Qizil sebarga yer yuzida 20 mln. 
    ga dan ortiq yerga ekiladi. U AQSh, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Angliya, 
    Fransiya, Rossiyada ko„p ekiladi. O„zbekistonda qizil sebarga o„tloqi tuproqlarda, 
    sholichilik xo„jaliklarida ko„proq ekilmoqda.
    Hosildorligi. Ilg„or xo„jaliklarda gektaridan 400 s ko„kat, 60-80 s pichan, 3 s 
    urug„ etishtiriladi. O„zbekiston sholichilik institutining ma‟lumotiga ko„ra o„tloqi 
    botqoq, sizot suvlari yuza joylashgan tuproqlardan birinchi yili 70-90 s, ikkinchi 
    yili 150-170 s pichan olinadi.
    Botanik ta‟rifi. Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va Trifolium turkumiga 
    mansubdir, bu turkumga sebarganing bir yillik, ikki va ko„p yillik turlari kiradi. 
    Ko„p yillik sebargadan eng ko„plab tarqalgani qizil sebarga T. pratense L. , pushti 
    sebarga T. hyblidum L . oq sebarga T. repens, O„zbekiston tog„larida sebarganing 
    har xil turlari uchraydi.
    Biologiyasi 
    Issiqlikka talabi. Qizil sebarganing urug„i 1-2
    o
    C da unib chiqa boshlaydi. 
    O„sish va rivojlanishi uchun 15-29 
    o
    C talab qiladi. Birinchi yilgi sebarga -15
    o

    sovuqqa chidaydi. Ikkinchi va keyingi yillari sovuqqa chidamliligi pasayadi. Qish 
    mavsumida -8,5 
    o
    C sovuq bo„lganda 40% o„simlik nobud bo„ladi. Ammo, 


    244 
    agrotexnik tadbirlar bilan sovuqqa chidamliligini oshirish mumkin. Faol harorat 
    yig„indisi birinchi o„rim uchun 950 
    o
    C, ikkinchi o„rim uchun 600-800 
    o
    C bo„ladi.
    Qizil
    sebarga 
    mo„„tadil nam iqlimiga moslao„gan o„simlikdir, 
    yog„ingarchilak miqdori 400-450 mm bo„lgan mintaqadi yaxshi o„sadi. 
    Transpiratsiya koeffitsienti 400-600 ga teng. Issiqqa va sovuq havoga chidamaydi. 
    O„zbekistonda bu o„simlik faqat sug„oriladigan sharoitda etishtiriladi. Gullash 
    davrigacha tuproq namligi dala nam sig„imiga nisbatan 80%, gullashda 60% urug„ 
    pishish davrida 40% bo„lsa o„simlik yaxshi o„sadi. Shimoliy sebarga kunning 
    yorug„lik davri o„zgarsa bo„g„in oraliqlari kamayadi, poyasi past bo„ladi, bo„g„in 
    soni kam bo„ladi. Janubiy sebarga soyada ham o„saveradi, shuning uchun boshqa 
    dala ekinlari bilan qo„shib ekish mumkin, ammo juda soya bo„lsa tup soni keskin 
    kamayib 10-15% saqlanadi.
    Qizil sebarga har xil tuproqlarga ekiladi. Tuproq muhiti pH 4,5 dan yuqori 
    bo„lishi shart. Ko„pincha sholi bilan almashlab ekiladi.
    Bir tonna pichan yetishtirish uchun 5-6 kg fosfor, 16-17 kg kaliy, 15-17 kg 
    kalsiy, 5,0-5,5 kg magniy sarflanadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish