• Ko„p o„rimli mastak .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet182/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Qo„ng„irbosh. Poa pratense L. ildiz bo„g„imli siyrak poyali kuzgi
    qo„ng„irbosh o„t. Boshoqlanish davrida 100 kg ko„kati tarkibida 24,5 ozuqa birligi 
    va 3,5 kg oqsil mavjud. Yaylov barpo etishda qo„llaniladi. O„t aralashmada yaxshi 
    yeyiladi.
    Bahorda erta o„sadi, 2-3 yil yaxshi o„smaydi, to„rtinchi yili yaxshi o„sadi va 
    10 yilgacha o„t aralashmalarida o„sib turadi, yaylovlatishga chidamli, o„rimlardan 
    keyin tez o„sib chiqadi. Ko„kat hosili 6-12 t.
    Ildizi sust o„sadi, tuproqqa 1 m kiradi. Poyasi somon poya, balandligi 90-100 
    sm yaxshi tuplanadi. Gulto„plami - yoyiq ro„vak. Ro„vak o„rtacha nam, unumdor 
    tuproqlarda yaxshi o„sadi. Suv bosganda 20-30 kun chidaydi, qurg„oqchilikka, 


    260 
    sovuqqa chidamli, kuzgi va bahorgi sovuqlarga chidamli. Urug„idan va vegetativ 
    usulda ko„payadi, o„t aralashmalarida etilgan urug„i to„kilib ham o„sib chiqadi.
    Azotli o„g„itlar hosiliga va sifatiga ijobiy ta‟sir qiladi. Kuzda o„t 
    aralashmalaridan 5-7 kg urug„ ekiladi, chuqurligi 0,5-1,5 sm bo„ladi. Tabiiy 
    o„tzorlarda qo„ng„irboshning har xil turlari uchraydi 
    Ko„p o„rimli mastak. Lolium multiflorum L. siyrak tupli ko„p yillik popuk 
    ildizli o„simlik. Ko„kat va pichan uchun ekiladi. Pichanning 100 kg da 4,9 kg oqsil, 
    ko„katida 1,2 kg oqsil va 20 ozuqa birligi mavjud. Pichan hosili 4-6 t, o„tzorda 3-4 
    yil hosil beradi. Poyasi somonpoya, silliq, tik o„sadi, balandligi 50-120 sm. Bargi 
    ingichka, uzun, chetlari qirrali, boshog„i turli shaklda, 1000 ta urug„ini vazni 2,1 g.
    Urug„i 1-4 °C unadi, maysa 4-5 °C sovuqqa bardoshli. Sug„oriladigan 
    sharoitda 5-6 o„rim beradi, pichan hosili 200 s/ga. Tez gullaydi bir yilda 2-3 urug„ 
    hosilini beradi (20 s/ga). Bir joyda 3-4 yil hosil beradi. Birinchi yili urug„ hosili 8-
    12 s/gani tashkil qiladi. Bu o„tning kamchiligi o„tzordan erta yo„qoladi. Ikkinchi 
    yili birinchi o„rimdan keyin o„simlik soni o„tzorda keskin kamayadi, o„t 
    aralashmalarida bu o„tning borligi sezilmaydi. Buning sabalari hali topilmagan. 
    Issiq va nam iqlimga moslashgan. O„rta Osiyoda keng tarqalgan. Yaxshi 
    qishlamaydi. Birinchi yili yaxshi o„sadi, ikkinchi yili 3 o„rim beradi.
    Yerni tayyorlash boshqa o„t o„simligi kabi tayyorlanadi. Mastakga azotli 
    o„g„itlar ko„p talab qilinadi. Ekishdan oldin 60-90 kg/ga sof modda hisobida azot 
    qo„llanadi. O„zbekistonning janubida mastakni fevral oyining oxirida, shimoliy 
    hududlarda - mart oyida, yozda-avgustda va kuzda oktyabrning o„rtalarida ekiladi. 
    O„t aralashmalarida mastakning ekish me‟yori 6-8 kg/ga, sof ekishda 10-12 kg/ga. 
    O„t aralashmalari tez-tez sug„oriladi, sug„orish me‟yori 700-900 m
    3
    /ga. O„t 
    aralashmasi pichan uchun dukkakli o„tning gullashida o„riladi.
    Urug„ uchun mastak keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60 sm. Keng qatorlab 
    ekilganda egatlar orqali sug„oriladi. Hosil 75% boshoqchalar yetilganda o„riladi. 
    Yoppasiga qatorlab ekilganda 10-13 kg, keng qatorlab ekilganda 7-8 kg urug„ 
    ekiladi. Pichan tayyorlash uchun boshoqlanish davrida o„riladi, urug„ uchun 
    dumbul pishish davrida o„riladi, quritilib yanchiladi, tozalanadi.


    261 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish