• Hosilni yig„ish.
  • Sistematika va morfologiyasi .
  • Biologiyasi.
  • Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet185/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh. Almashlab ekishning har xil 
    dalalarida joylashtirish mumkin. O„g„it yetarli bo„lmasa qo„noq almashlab 
    ekishnig oxirgi dalasiga joylashtiriladi. Amal davrida N45 me‟yorda o„g„it qo„lash 
    pichan hosilbni 5 s/ga oshiradi.


    264 
    Ekish me‟yori quruq cho„llarda 8-12 kg/ga, o„rmon cho„llarda 15 kg/ga, 
    suvli yerlarda 20 kg/ga. Ekish usuli yoppasiga qatorlab oddiy pichan olish uchun 
    va keng qatorlab urug„ yetishtirish uchun qo„llanadi. Ekish chuqurligi 2-4 sm. 
    Qo„noq sudan o„ti ekiladigan muddatda ekiladi.
    Maysa ko„karib chiqqandan keyin qator oralariga ishlov beriladi.
    Hosilni yig„ish. Pichan uchun hosil ro„vaklanish davrida o„riladi. O„rish 
    balandligi 7-8 sm, agar o„rish balandligi 4-5 sm bo„lsa, qo„noq qayta o„sib 
    chiqmaydi. Urug„ olish uchun boshoqchalar sarg„ayganda, urug„i qotganda 
    yig„iladi. Hosil kombaynlarda yig„iladi. Urug„ tozalanadi, quritiladi, 12-14% 
    namlikda saqlanadi.
     
    BIR YILLIK MASTAK 
    Ahamiyati. Bir yilik mastak muhim yem-xashak ekin. Pichan va ko„katini 
    mollarning barcha turlari yaxshi eydi. Gullash davrini boshlanishida proteinning 
    miqdori 16,7% bo„ladi. Ekilgan yili ko„p ko„kat hosil qi ladi.
    Sistematika va morfologiyasi. Bir yillik mastak (Lolium multiflorum Lam. 
    var. westervololicum) popuk ildiz tizimiga ega. Ildizi asosan tuproqning haydalma 
    qatlamida joylashgan. Ayrim ildizlar tuproqningt 100 sm chuqurligiga kirib 
    boradi. Poyasi ingichka, balandligi 50-60 sm, goho 90 sm. Bargi oddiy, ingichka, 
    uzun bo„ladi, pastki qismida yaltiroq, ustki qismi g„adir-budur, och yashil rangli, 
    eni 5-8 mm. Gul to„plami g„ovak boshoq, uzunligi 10-25 sm, boshoqchalar soni 
    12-25 dona. Boshoqchalari lansetsimon, 6-12 ta gulli, uzunligi 2,5 sm. Boshoqcha 
    qobiqlari yakka, qiltiqsiz. Gul 2 ta gul qobig„i, 2 ta tumshuqchali tuguncha, 3 ta 
    changdonlar. Tashqi gul qobiq qiltiqdi. Qiliqlari tishchali, uzunligi 6-8 mm. Pastki 
    gul qobiqlari qiltiqsiz bo„ladi. Urug„i kul rangli. 1000 ta urug„ning vazni 2,5-3,0 g.
    Biologiyasi. Urug„i 1-4 °C haroratda unib chiqadi. O„sib chiqishi uchun 
    maqbul harorat 20-25 °C. Maysa -2-3 °C sovuqqa bardoshli.
    Bu namsevar o„simlik qurg„oqchilikka chidamsiz. Suv tanqisligida tuplanish 
    kamayadi, poya past bo„ladi, hosil kamayadi. Bir yillik mastak har xil tuproqlarda 


    265 
    o„saveradi: qumoq, quritilgan torfli tuproq, qumli va sernamli tuproqlar. Azotli 
    o„g„itlarga talabchan.
    Bir yillik mastak unib chiqish davrda bitta murtak ildizibilan o„sib chiqadi. 
    Tuplanish davri o„simlikda 3-4 ta barg rivojlangpanda boshlanadi. Yoppasiga 
    qatorlab ekilganda tuplanish darajasi 3-6 ta ga teng bo„ladi. Tup soni siyrak 
    bo„lganda tuplanish darajasi 200 tagacha boradi. Yangi poyalarning rivojlanishi 
    amal davrida davom etaveradi. Shuning uchun bir amal davrida bir necha 
    marotaba o„riladi.
    Bir yillik mastakda yer ustki ko„kat massasi tez shakllanadi. Bu tezpishar 
    o„simlik. Gullash 35-60 kunda kuzatiladi, amal davri 60-90 kun davom etadi. 
    Shuning uchun bu o„simlikni shimoliy mintaqalarda yetishtirish mumkin. Bunda 
    1-2 o„rim beradi. Ikkinchi o„rimning hosili birinchisining 70% ni, uchinchi 
    o„rimida birinchining 30% ni tashkil qiladi. Birinchi va ikkinchi o„rimning orasi 
    30-35 kun, ikkinchi va uchinchi o„rimning orasida 45-50 kun bo„ladi.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish