276
«Asteriks», «Arsenal», «Bart», «Beliflyor», «Belorosa», «Beluga», «Bemonda»,
«Bolero», «Volare», «Viktoriya», «Venitta», «Dranola», «Denar», «Destine»,
«Deamat», «Zafira», «Dmpala», «Kondor»Koletta, «Kosmos», «Kroda»,
«Latona», «Lizetta», «Lekariya», «Lyusinde», «Matado», «Marfona», «Maranko»,
«Madlen», «Manetu», «Markes», «Mimfes», «Mondial», «Mustang», «Neviski»,
«Palma», «Patirisiya», «Panomira», «Pikasso», «Pekaro» va boshqa horijiy navlari
bor. Kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishda ekiladigan
nav toza hamda shu
iqlim sharoitiga moslashgan bo„lishi kerak. Rayonlashtirilgan navlar hosildorligi
jihatidan ko„pincha aralash navlardan ikki-uch marta afzal bo„ladi. Hozirgi vaqtda
kartoshkaning 2000 ga yaqin madaniy navlari bo„lib, shundan 20 ga yaqini
respublikamizda yetishtiriladi. Xo„jalik ahamiyatiga ko„ra kartoshka navlari to„rt
guruhga
oziq-ovqatga ishlatiladigan, xashaki, texnikaviy va har-xil maqsadlarda
foydalanadigan universal kartoshkalarga bo„linadi.
Navlarga baho berishda quyidagilar eng muhim belgi hisoblanadi:
hosildorligi, tezpisharligi, ikki hosilliligi va
kartoshkaning taomlik sifati,
serkraxmalligi hamda saqlanish xususiyati. Bulardan tashqari, tuganaklarning
yirikligi, shakli, rangi, ko„zlari yuza va chuqur joylashishi
va uning rangi ham
asosiy belgilardan hisoblanadi.
Kartoshka pishib yetilishiga qarab: tezpishar (nihollar unib chiqishdan
pishguncha (60-65 kun), ertagi-o„rtagi (70-80 kun), o„rtapishar (90-100 kun),
o„rtagi-kechki (110-120 kun) va kechpishar (130-150 kun).