• Oziqaga talabi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet192/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Suvga bo„lgan talabi. Kartoshka vatani hisoblangan Chilining dengiz bo„yi 
    hududlari iqlimi yumshoq, salqin, sernam, tuprog„i kaliyga boy. Tuganaklarning 
    hosil bo„lishi seryog„in (300 mm. dan ortiq), havoning nisbiy namligi yuqori (75% 
    va undan ziyod) bo„lgan sharoitda o„tadi. Shuning uchun kartoshka o„simligi 
    tuproq namligiga talabchandir, ammo uning tuproq namligiga bo„lgan talabi o„sish 
    va rivojlanish davrlarida turlicha bo„ladi.
    Kartoshka hosil to„plash davomida namlikka juda talabchan bo„ladi. 
    Atmosferaning quruqligi kartoshkaning meva hosil qilishiga juda yomon ta‟sir 
    qiladi, ya‟ni gul va mevalarni to„kib yuboradi. Ammo, tuproqdagi namlik 70-85% 
    bo„lsa, havoning quruqligi kartoshkaga poyalari o„sishiga va tuganaklar hosil 
    bo„lishiga unchalik kuchli ta‟sir etmaydi.


    275 
    Yosh nihollar rivojlanishning dastlabki paytlarida tuproq namligiga unchalik 
    katta ehtiyoj sezmaydi, lekin gullash, tuganak hosil qilish davrida namlikka 
    bo„lgan talabi keskin oshadi. Bu davrda tuproqda nam bo„lmasa, oziq 
    moddalarning tuganaklarga kelishi to„xtaydi, natijada tuganaklarning o„sishi 
    kechikadi yoki butunlay o„sishdan qoladi. Yomg„ir yoqqandan yoki ekin 
    sug„orilgandan keyin shakllangan tuganaklar ikkilamchi o„sa boshlaydi, ya‟ni 
    bolalaydi. Bunda bolachalar va stolonlarda shakllanmagan tuganaklar paydo 
    bo„ladi.
    Kartoshka namlikka talabchan bo„lishi bilan birga, qurg„oqchilikka ham 
    nisbatan chidamlidir. Qurg„oqchilik-tuproq va havo namligi etishmasligi 
    boshlanishi bilan kartoshka tuganaklar hosil qilishdan to„xtaydi, ammo u nobud 
    bo„lmaydi. Qurg„oqchilik o„tib kyetgandan so„ng u tuganak hosil qilishni davom 
    ettiradi, bunda hosildorligi keskin kamayib, uni sifati pasayadi.
    Oziqaga talabi. Kartoshka tuproqdagi oziq mineral moddalarga nisbatan 
    talabchandir. Bir tonna tuganakmeva va tegishli poya-barg yetishtirish uchun 6,2 
    kg azot, 2 kg fosfor va 8 kg kaliy, jami 16,2 kg sarflaydi.
    Kartoshka donador, yumshoq, havo aeratsiyasi yaxshi tuproqlarda ko„p hosil 
    beradi. Mexanik tarkibi og„ir, bo„z tuproqlarda, engil qumoq va qumloq 
    tuproqdagilarga nisbatan yomon o„sadi, bunday yerlarda mo„l va sifatli hosil 
    yetishtirish uchun ekishdan oldin yerni yumshatib turish kerak.
    Kartoshka sho„r yerlarda yaxshi o„smaydi, unga xlorli tuzlar salbiy ta‟sir 
    etadi. Tuproq tarkibidagi xlor 0,015-0,020% dan ko„p bo„lsa, hosildorlik sezilarli 
    darajada kamayadi, 0,05-0,07% bo„lganda esa tuganaklar deyarli hosil bo„lmaydi. 
    Shuning uchun sho„r yerlarda kartoshka yetishtirishda tegishli meliorativ 
    tadbirlarni amalga oshirish zarur.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish