2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
BiologiyasiBatat chetdan changlanadi. Batat tropik mintaqasida ko„p yillik 
ekin, subtropik va mo„„tadil iqlim sharoitida bir yillik ekin hisoblanadi. O„suv 
davri 5-6 oy davom etadi. Batat issiqsevar o„simlik, uning o„sishi va rivojlanishi 
30-35
o
C da o„tadi. Harorat 10 
o
C bo„lganda o„sishdan to„xtaydi.
Bargi 0-2 
o
C da, poyasi -2-3 
o
C da, ildizmevasi -2 -4 
o
C sovuq haroratda
nobud bo„ladi. Batat yorug„sevar qisqa kun o„simligi, umuman qurg„oqchilikka 


286 
chidamli, ammo o„suv davrining dastlabki 2-3 oyida suvga talabchan bo„ladi. 
O„suv davrining oxirida, hosilni yig„ishga 2 oy qolgan davrda kam sug„oriladi.
Tuproq muhitiga talabchan emas. Ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun 
tuproqning chuqur qatlamlaridan suv va oziq elementlarini o„zlashtira oladi. Batat 
uchun sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlar xosdir. Tuproq muhiti pH 5,2-6,7 
bo„lishi kerak. Oziq elementlaridan kaliyni ko„p o„zlashtiradi, fosforni kaliyga 
nisbatan kam o„zlashtiradi. Azot o„sishni keskin faollashtiradi, ammo hosilning 
sifati pasayadi.
O„suv davri bo„yicha navlar 2 guruhga bo„linadi: 1) ertapishar 4-6 oy, 2) 
kechpishar 6-9 oy. Tuganakmeva mag„izining rangi oq, sariq, qizil, tuganakmeva 
shirali yoki shirasiz, suvli yoki dag„al suvsiz bo„ladi.  
Yetishtirish texnologiyasiBatat o„simligi poya qalamchalaridan ko„payadi. 
Uning tuganagi undirilsa 50 dan ortiq o„simta beradi, o„simta berish muddati 45-
60 kun davom etadi. O„simtalarning pastki qismida (asosida) mayda ildizlar hosil 
qiladi va ular yulingan holda tuproqqa o„tkazilganda tezda tutadi. Batatni poyasi 
qalamcha xolida yoki bargi tuproqqa ekilsa yaxshi tutadi va o„sadi. 
Batat quyidagi usulda ko„paytiriladi: vazni 200-250 gramm bo„lgan 
tuganaklar fevral-mart oylarida parnik yoki issiqxonada nam qumga ko„mib so„ng 
undira boshlanadi. Tuganak tezda o„simta hosil qiladi va o„simta 4-5 bo„g„inlarga 
bo„linib, balandligi 15 sm ga etgan vaqtida ona tuganakdan sindirib chirindi 
aralashmalari tuproqqa (pikirovka) qilinadi.
Ko„karib chiqqan o„simliklarni sindirib olish bir necha marta takrorlanadi 
va bu may oyigacha takrorlanadi. Ko„chat qilingan nihollar yaxshi ildiz otib o„sa 
boshlangandan so„ng, uni yuqori qismidan poyalari qalamcha qilib kesib olinadi 
va yana ko„chat qilinadi. Ko„p o„simta va qalamcha olish ona tuganakni erta 
undirishga bog„liqdir.
Mart oyi boshida undirishga quyilgan 100 kg ona tuganaklardan 15-20 ming 
donagacha ko„chat olish mumkin. Ko„chat qilingan o„simta va qalamchalarni 
aprel oxiri va may oyi boshida ochiq dalaga ekiladi.


287 
rasm-28: 1-Batat tuganakmevasi 
2-Batat o„simligi 
Batatni ochiq dalaga ekilganidan so„ng hosil bo„lgan poyalarini ham 
qalamcha qilib ekish mumkin. Ammo, bunda hosildorligi keskin kamayib ketadi. 
Batat ochiq dalaga qator orasi 70-80 sm va tup oralig„i 30-40 sm qilib ekiladi. U 
o„suv davrida qator orasi bir ikki marta kultivatsiya qilinadi, bir marta chopiladi, 
oziqlantiriladi va 12-14 marta sug„oriladi.
Batat hosili kuzgi sovuq tushguncha (sentyabr oxiri - oktyabr boshlari) 
yig„ishtirib olinadi. Hosil yig„ishdan oldin palagi o„rib olinadi. Kavlab olingan 
batat tuganaklari qutilarga joylanib omborlarda saqlanadi. U saqlanadigan ombor 
isitiladigan bo„lishi kerak. Tuganaklar qishda saqlanishga quyilishidan oldin 25-
30 
o
C issiqda 7-10 kun mobaynida bir oz so„litib olinadi, so„ng harorat 10-12 
o

ga tushirib saqlanadi.
Markaziy Osiyoning janubiy tumanlarida ochiq dala sharoitida tuganaklarni 
biroz quritish va so„litish ham mumkin. Bunday sharoitda batatdan o„rtacha 
gektaridan 20-30 tonna hosil olinadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish