• 5.2. BATAT Ahamiyati.
  • Sistematikasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet199/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Kartoshka kelib chiqishi, dunyo mamlakatlari va O„zbekistondagi ekin 
    maydoni qancha gektarni tashkil etadi?
    2. O„zbekistonda kartoshka hosildorligi o„rtacha necha s/ga ni tashkil 
    etmoqda? 
    3. Tuganakmeva shakllanish jarayoni qanday kechadi?
    4. Kartoshkani issiqliq va suvga bo„lgan talabi? 
    5. Oziqa elementlariga talabi? 
    6. O„zbekistonda kartoshka ekish muddatlari? 
    7. Kartoshka tuganaklarini ekish usuli va me‟yori qancha? 
    8. Nima uchun kartoshkani tez-tez sug„orib turish talab yetiladi? 
    9. Kartoshkaning aynishi deganda nimani tushunasiz? 
    10. Kartoshka hosili qanday yig„ishtirib olinadi? 
     
    Pedagogik texnologiya 
    “BBB” texnologiyasi 
    Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual sohalarga 
    ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB jadvalini to„ldiring: 
     
    BBB jadvali 
     
    № 
    Mavzu savollari 
    Bilaman 
    Bilishni 
    istayman 
    Bilib oldim 





    285 
    5.2. BATAT 
    Ahamiyati. Batat shirin kartoshka, oziq-ovqat va yem-xashak sifatida 
    ishlatiladi. Batat oziq-ovqatda, uni non yopishda qisman qo„llanadi, konditer 
    sanoatida, pivo tayyorlashda, spirt va qand ishlab chiqarishda ishlatiladi.
    Batat tuganagi tarkibida 69,1% suv, 1,7% azotli moddalar, 1,7% kletchatka, 
    26,4% azotsiz moddalar, 1,18% kul moddasi bor. Batat tarkibidagi azotsiz 
    ekstraktiv moddalarning asosiy qismini kraxmal tashkil etib, uning miqdori 14,3-
    25,6%, qand esa monosaxarid va saxaroza ko„rinishida bo„lib, u 1,4-6,1% ni 
    tashkil etadi.
    Batat chorva mollariga yangiligicha, siloslangan va pishirilgan xolda 
    beriladi. Ko„katining tarkibida 2,1% oqsil, 9,5% azotsiz moddalar, 0,8% moy, 
    pichanida esa 12,5% oqsil, 55,8% azotsiz moddalar va 4,9% moy bo„ladi.
    Vatani Amerikaning tropik mintaqasi, hozir ham bu yerda yovvoyi turlari 
    mavjud. Qadimdan Gavaye orollarida, Xitoyda ekilgan. So„ngra Afrikada ekila 
    boshlagan. Boshqa tuganakmevali ekinlar bilan birga dehqonchilikda ekilgan
    ammo to„liq hisob kitob qilinmagan. Hozirgi vaqtda batat Hindistonda, Xitoyda, 
    Janubiy Amerikada ekilmoqda. O„zbekistonda bu ekin tadqiqot qilinib, ayrim 
    fermer xo„jaliklarida ekilganda, gektaridan 25-40 t/ga hosil olingan.
    Sistematikasi. Batat pechakguldoshlar oilasiga mansub-Connolvulaccae, 
    Ipomoea avlodiga kiradi. Bu avlod 400 dan ortiq turni o„z ichiga olgan. Ammo, 
    faqat bir madaniy turi ekiladi-Ipomoea datatas Lam. Bu ko„p yillik o„simlik.
    Ildizi o„q ildiz bo„lib ko„p shoxlanadi, yon shoxlari yo„g„onlashib 
    tuganakmevaga aylanadi. Tuganakmevasining yuzasi tekis, goho g„adir-budir.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish