Kartoshka urug„ini ekishga tayyorlash




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Kartoshka urug„ini ekishga tayyorlash. Kartoshka yetishtirish, ayniqsa, 
navga xos bo„lgan tuganaklarni ajratib olish hamda ayniganlarini va ipsimon 
o„simta byerganlarini esa brak qilish katta ahamiyatga egadir. Urug„lik uchun 
tuganaklar uch xilga ajratiladi: 25-50, 50-90 va 90 grammdan ortiq. 90 g 
tuganaklar ko„zlarini joylashishiga ko„ra ikkiga bo„lib ekiladi. Kesilgan urug„larga 
ekilishidan oldin ularga TMTD preparati sepiladi, bunda 1 tonna kesilgan urug„ga 
3,0-3,5 kg preparat sepilishi kerak. Yoz muddatida ekiladigan kartoshka 
tuganaklari kesilmaydi, chunki yuqori harorat ta‟sirida ular chirib ketadi.
Ertagi kartoshka pishishini tezlashtiradigan va hosildorligini oshiradigan 
samarali usullardan biri, kartoshka tuganaklarini yorug„ xonalarda 12-13
o
C
da, 
tezpishar navlarini 20-25 kunda va o„rtapisharlarini esa 30-35 kunda undirishdan 
iboratdir. Bu quyidagicha bajariladi: xonadagi so„kchalarga kartoshka tuganaklari 
ikki qator qilib terib qo„yiladi yoki 10-12 kg. li yuza qutilar bo„lmasa tuganaklarni 
10-12 kg sig„adigan polietilen qopchalarni 10-15 sm eridan 3sm uzunlikda kesib, 
unga solib ham undirish mumkin. Agar kartoshkani undirish uchun xona mavjud 
bo„lsa, tuganaklarni ochiq maydonda plyonka ostida qutilarda yoki polietilen 
qopchalarda undirish ham mumkin. Yuqoridagilardan tashqari ertagi kartoshka 
urug„ini undirish davrida haroratni 8-10 kun mobaynida 18-20
o
C
gacha oshirib, 
so„ng 2-3 soat mobaynida 30-35
o
C gacha ko„tarish ijobiy natija beradi.
Ertagi kartoshka urug„ini nur o„tkazadigan polietilen qopchalarda (qopcha 
usti 8-10 joyidan 2-3 sm uzunlikda kesib qo„yilishi kerak) ochiq maydonda, uni 
ustiga plyonka yopgan holda undirish ham ijobiy natija beradi. Yozda ekiladigan 
kartoshka urug„ini ekishga tayyorlashni asosiy omillaridan biri, u ham bo„lsa 
ko„kargan ko„zlari 8-10 sm ga yetgandan so„ng ularni sindirib olib tashlashdi. 
Ko„kargan ko„zlarini sindirish so„ngi marotaba kartoshka ekilishiga 1,5-2 hafta 
qolganda amalga oshirilishi kerak. Bunda tuganaklar ekilguniga qadar, ularda 
yangi ko„zlar nish uradi va yerdan tez unib chiqadi. Bahor va yoz faslida kartoshka 


281 
ekilishidan oldin tuganaklari o„sishini boshqaruvchi moddalar giberellin 0,5 mg/l 
va TUR 500 mg/l eritmasiga solib, so„ng ekilsa ijobiy natija beradi.
Kartoshkani ekish. Ekish usuli va chuqurligi tashqi muhitga va sharoitga 
bog„liq. Bahorda kartoshka 6-8sm, yozda 10-12 sm chuqurlikka ekiladi. Kartoshka 
keng qatorlab ekiladi. qator oralari 60, 70, 90 sm bo„ladi, o„simliklarning orasi 15-
40 sm, o„simliklar tup soni 41,4-47,6 ming/ga bo„ladi. Oxirgi yillari kartoshkaning 
ekish sxemasi 70x20-25 sm yoki 90x15-20 sm bo„lib, tup soni 55-74 ming/ga ni 
tashkil qiladi.
Kartoshkani ekishda maxsus texnika ya‟ni ikki qatorlab ekadigan KS-2 
hamda to„rt qatorlab ekadigan KS-4 texnikadan foydalaniladi. Bu texnika 
yordamida 70 va 90 sm kenglikda sug„orish uchun egatlar olinadi. 
Tuganakmevalar bu texnikada 10-18 sm chuqurlikka ekiladi. Ekish uchun 
Rossiyadan ishlab chiqarilgan SN-4B-2 va SKS-4 kartoshka ekadigan seyalkalarda 
ekiladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish