• Kartoshkadan ikki marta hosil olish.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet198/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Parvarishlash. Ertagi kartoshka yerning tabiiy namiga unib chiqadi, kechki 
    kartoshka ekilgan kuni sug„orilishi maqsadga muvofiqdir. Ertagi kartoshka 
    ekilgach 25-30 kundan so„ng unib chiqadi, bu muddatda u ekilgan maydonda 
    begona o„tlar ham unib chiqadi, ularni yo„qotish uchun 1-2 marta setkali borona 
    yoki tishli engil borona bilan boronalanadi. Kartoshaning unib chiqishini tezlatish 
    uchun u ekilgan, egat ustiga chirigan go„ng yoki qora rangli plyonka yopish 
    maqsadga muvofiqdir. Kartoshka poyasi egatni qoplagunga qadar 2-3 marotaba 
    kultivatsiya qilinadi. Ertagi kartoshka o„suv davrida 1 yoki 2, kechkisi esa 2 marta 
    chopiq qilinadi. O„simlik bo„yi 15-20 sm bo„lganda birinchi marta, gullash davrida 
    ikkinchi marta chopiq qilinadi. Bundan tashqari kartoshka tuganagidan o„sib 
    chiqqan o„simtasini ekish hamda ko„zchalarini 10-12 g eti bilan o„yib olib, ekib 
    yetishtirish mumkin.
    Sug„orish soni, kartoshka yetishtirish muddati va yer osti sizot suvlarining 
    chuqur yoki yuza joylashishiga ko„ra aniqlanadi. Ertagi kartoshkani sug„orish 
    aprelning ikkinchi yarmidan boshlanadi. U hosil to„plash davri boshlanguncha 10 
    kunda bir marta, so„ng 4-6 kunda bir marta sug„oriladi.


    282 
    Kartoshka o„sish davrida yer osti sizot suvi yaqin joylashgan maydonlarda 4-
    7, chuqur joylashgan yerlarda esa 8-9 marta sug„oriladi. Kechki kartoshka ekilgan 
    kuni sug„oriladi. O„suv davrida har 8-10 kunda bir marta sug„oriladi va sug„orish 
    hosilni yig„ishga 2-3 hafta qolganda to„xtatiladi. Kechki kartoshka yer osti sizot 
    suvi yuza joylashgan maydonlarda 7-10 marta, chuqur joylashgan yerlarda esa 10-
    12 marta sug„oriladi.
    Kartoshkadan ikki marta hosil olish. Markaziy Osiyoda kartoshka 
    yetishtirishda istiqbolli usullardan biri, erta bahorda ekilgan kartoshka hosili yoz 
    oyi boshlaridan yig„ishtirib olinib, shu kartoshkani yana qayta ekishdir.
    Bu usulda yetishtirish uchun kartoshkani ayrim navlari yaroqlidir. 
    Jumladan, «Priekul ertagisi», «Belorussiya ertagisi» va «Zarafshon» navlaridir. 
    Ertagi kartoshka hosil yig„ishtirilayotgan vaqtida vazni 60 g dan 120 g gacha 
    bo„lgan usti silliq, shu navlarga xos ko„rinishga ega bo„lgan tuganaklar ajratib 
    olinadi. Yangi kavlab olingan tuganaklarni yozda ekishni ishlab chiqarishga joriy 
    qilish urug„lik kartoshkani qish, bahor oylarida o„zoq muddat saqlashga zarurat 
    qolmaydi va shu tufayli uni saqlash vaqtida nobud bo„lishi ham bartaraf qilinadi. 
    Bundan tashqari, yangi kavlab olingan tuganaklarni yozda ekish kartoshka 
    aynishiga qarshi kurashning eng yaxshi vositasi va tezpishar nav kartoshka 
    urug„chiligining samarali usuli hisoblanadi. Yangi kavlangan tuganaklar 
    surunkali ravishda ekilaversa, ularning o„sish qobiliyati kuchayadi va hosildorligi 
    ham ancha oshadi.
    Markaziy Osiyodagi ilmiy-tekshirish muassasalarida olib borilgan 
    ko„zatishlardan yangi kavlangan kartoshka tuganaklari tarkibida eriydigan 
    uglevodlar bo„lishi, tuganaklar undirilayotgan muhitning sernamligi va ularga 
    havoning yaxshi kirib turishi tuganaklarning unishi uchun zaruriy sharoit ekanligi 
    aniqlangan. Lekin, qisqa (12-24 soat) muddatli anaerob muhit ham yangi 
    kavlangan tuganaklarning o„sishi uchun omil bo„ladi.
    Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik, sabzavotchilik va 
    uzumchilik” kafedrasi xodimlari o„zoq tanlash yo„li bilan «Korenevskiy» nav 
    kartoshkadan yiliga ikki marta hosil olishga muvaffaq bo„ldilar. Ikki marta hosil 


    283 
    olish uchun yetishtirilayotgan kartoshka hosili tuganaklari dumbul (to„lik 
    yetilishidan oldin) davrida kavlab olingani maqsadga muvofiqdir. Chunki, tuliq 
    yetilmagan tuganaklar tarkibida tuliq yetilgan tuganaklarga nisbatan shakarga 
    aylanadigan uglevodlar ko„p bo„ladi. Shuning uchun ular ekilgandan so„ng tez 
    kunda unib chiqadi. Yangi kavlangan tuganaklarning tinim davrini qisqartirib, 
    yerdan unib chiqishini tezlatuvchi turli xildagi fizikaviy va kimyoviy usul 
    qo„llaniladi. Jumladan, yangi kavlab olingan tuganaklar 10-15 kun so„litiladi, 
    keyin ikki uch bo„lakka ajratilib (kesilib), engil qumoq tuproqli yerda pushtalarda 
    undiriladi. Tuganaklar undirilayotgan davrida har kuni suv sepib turiladi. 
    Pushtalardagi tuganaklar unishiga qarab tanlab olinib dalaga ekiladi.
    Yangi kavlab olingan tuganaklarga etilen xlorgidrin tiomochevina preparati 
    ta‟siri sinab ko„rilganda u ijobiy natija berdi. Tuganaklar ana shu preparatning 2% 
    li eritmasiga solib olinadi va 8-15 soat mobaynida uyilgan holda dimlanadi, keyin 
    dalaga ekiladi. Respublikamizning ayrim fermer xo„jaliklarida yangi kavlab 
    olingan tuganaklarni tinim davrini o„tkazish uchun tiomochevinadan ham 
    foydalanadilar.
    Toshkent davlat agrar universitetida utkazilgan tajribalar tuganaklarni 
    tiomochevina bilan (2% li tiomochevinaning har bir litriga 1-2 mg giberellin 
    qushib) dorilash ham yaxshi natija berishini ko„rsatdi. Biroq yangi kavlab olingan 
    tuganaklarni tinim davridan chiqarish davrida qo„llaniladigan fizikaviy va 
    kimyoviy usullar ortida sarf-harajat talab etadi, bundan tashqari bu usullar kar-
    toshkani barcha navlarida ijobiy natija beravermaydi. Shuning uchun tinim davri 
    juda qisqa bo„lgan va ikki marta hosil beradigan navlardan foydalanish maqsadga 
    muvofivdir. Yangi kavlab olingan tuganaklar oziq-ovqat maqsadida iyun oyi 
    o„rtalarida, urug„lik uchun yetishtiriladiganlari esa iyul oyi boshlarida ekilishi 
    kerak.
    Yangi kavlab olib ekilgan tuganaklar 30-32 kundan so„ng unib chiqadi. Bu 
    davrda egatlar doim zaxlatib (har 4-5 kunda bir marta) sug„orilib turilishi kerak. 
    Bu yuqori namlik kartoshka ekilgan maydonlarda begona o„tlarning ko„p 
    miqdorda hosil bo„lishiga va ulardan tozalash uchun qo„l mehnati, gerbitsidlar 


    284 
    sarf qilishni talab etadi. Yangi kavlab ekilgan tuganaklardan hosil yetishtirishni 
    navbatdagi texnologiyasi oddiy usulnikiga o„xshashhdir. Respublikamiz buyicha 
    yangi tuganaklardan ekib olinadigan kartoshka hosili gektariga o„rtacha 100-120 
    sentnerni tashkil etadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish