• Biologiyasi. Rivojlanishi
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet205/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Sistematikasi. Qand lavlagi - Beta vulgaris L.v. Saccharifera - turiga, 
    Chenopodiaceae oilasiga mansub ikki yillik o„simlik. Birinchi yili barg to„plami, 
    yo„g„onlashgan ildiz (ildizmeva) rivojlanadi.
    Ikkinchi yili poya, gul, meva 
    rivojlanadi
    .
    Biologiyasi. RivojlanishiBeta avlodiga kirgan turlar ildizmeva hosil qilish 
    xususiyatiga ega. Madaniy qand lavlagi - bu bargli va ildizmevali tur xillari 
    29
    Margaret J. McMahon, Anton m. Kofranek, Vincent E. Rubatzky “PLANT SCIENCE growth, development, and 
    utilization of cultivated plants” USA 2011 y. 
    30
    www.FAOstat.fao.Org-2017 year. 


    295 
    o„rtasidagi duragay bo„lib, uzoq davom etgan seleksiya ishlari natijasida ancha 
    takomillashgan.
    Birinchi yili lavlagi yo„g„onlashgan ildizmeva va 50-90 ta barg hosil qiladi. 
    Urug„dan uruqqacha rivojlanish jarayoni 11 ta organogenez ketma-ket bosqichdan 
    o„tadi.
    Urug„ni unishi, maysalarning hosil bo„lishi, 6 – 8 
    o
    C tuproq isiganda 
    boshlanadi. Tuproqda nam, issiqlik, havo bo„lganida urug„ tez unib chiqadi. 
    Tupmevadan urug„ning bo„linib chiqishi 3-5 kun bo„ladi. Unib chiqqan lavlagi 
    urug„i urug„pallasi bilan yuqoriga o„sib chiqadi. Keyingi davr 6-10 kunni o„z 
    ichiga olib, bu vaqtda tez sur‟atda maysalanish davrida ildizi 12-15 sm bo„ladi, 1-2 
    ta chinbarg rivojlanganda 30 sm bo„ladi. Shu davrdan boshlab asosiy ildiz 
    yo„g„onlasha boshlaydi. Kambiy to„qimalarini doimo bo„linib ko„payishi hisobiga 
    ildiz tez yo„g„onlashib boradi. Agrotexnika sharoitiyaxshi bo„lsa, ildizmevaning 
    vazni 500-600 g bo„ladi. Ildizmevaning jadal o„sishi va barglarning rivojlanish 
    davrida ildizmeva navga xos shaklga ega bo„ladi-bu iyun-iyul oylariga to„g„ri 
    keladi. Ildizi tuproqqa chuqurroq kirib boradi. Yozning oxirida ildizmevada quruq 
    modda ko„p to„planadi. Bu vaqtda ildizmeva vazni ancha o„sadi. Birinchi yili ildizi 
    2-3 m chuqurlikka kirib boradi.
    Tinim davri urug„lik ildizmevalarni qishda saqlashda o„tadi. Bunda 
    murakkab biokimyoviy jarayonlar: modda almashinuv, nafas olish va bo„g„inlarni 
    rivojlanishi yuz beradi. Urug„liklarning qayta o„sish davri erta bahorda 
    ildizmevalar tuproqqa ekilgandan so„ng boshlanadi. Undan keyingi davr-barglarni 
    o„sishi va poyalarni hosil bo„lishi - yetarli miqdorda nam va mineral o„g„itlar bilan 
    ta‟minlanishiga bog„liq.
    Gullash davri yozning boshlarida, ya‟ni kundalik harorat 28-30
    o
    C va havo 
    eng past namlikda bo„lganda changlari yaxshi yetarli va changlanish jarayoni 
    yaxshi o„tadi. Urug„ni paydo bo„lish davri-mo„„tadil havo va havo hamda tuproq 
    namligi yetarli bo„lganda yaxshi kechadi. Urug„ning pishish davrida aksincha, ob-
    havo quruq va issiq bo„lganda, pishish bir vaqtda kechadi. Hamma rivojlanish 
    davrlari uchun birinchi yilda 180-200 kun, ikinchi yilda 115-120 kun kerak bo„ladi.


    296 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish