2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Yetishtirish texnologiyasi 
 Topinambur 
almashlab 
ekish 
sistema-sida 
juda 
ehtiyotlik 
bilan 
joylashtirilmasa va bu yerda necha yil 
o„sishi hisobga olinmasa, u o„zidan keyin 
ekiladigan o„simliklarga begona o„tlar 
kabi zarar yetkazishi mumkin.
Topinamburni bir yerda 3-4 yil 
mobaynida 
yetishtirish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Markaziy 
Osiyoda 
topinambur-dan bo„shagan yerga bedani 
ekish ijobiy natija beradi, chunki beda yil 
davomida 5-6 marotaba o„rilishi natijasida 
yer nokidan o„sib chiqqan nihollar 
rasm-29.Topinambur


290 
yo„qotiladi va yer undan tozalanadi. Topinambur uchun yerni ishlash kartoshka 
ekinidagiga o„xshaydi.
Yerga haydashdan oldin 30-40 t/ga go„ng solinadi.
Yer nokining 25-50 gramm tuganagi ekiladi, uni kesib ekilsa hosildorligi 
25-30% kamayib ketadi. Agar tuganak juda yirik (70-80 g) bo„lsa, uni ekishdan 
oldin kesib ekilgani ma‟qul. Kesilgan tuganak faqat bahorda ekilishi kerak, kuzda 
ekish tavsiya etilmaydi. Bir gektarga 50-60 ming tuganak ekiladi, gektariga 0,6-
2,0 t/ga cha urug„ sarflanadi.
Topinambur etishtiriladigan iqlim sharoitiga ko„ra ikki muddatda fevral 
oxiri-mart boshlanishida va oktyabr oxiri-noyabr boshida ekiladi.
Ekish chuqurligi ekilayotgan tuganak vazniga bog„liq bo„lib, u 5-12 sm 
chuqurlikka 70x35-40 sm sxemasida ekiladi. Ekilganidan so„ng nihollar ko„karib 
chiqqunicha yer bir ikki marta boronalanadi. Nihollar to„liq ko„karib chiqqanidan 
keyin har sug„orishdan so„ng qator orasi kultivatsiya qilinadi. Agar topinambur 
etishtirilayotgan yerda begona o„t ko„p bo„lsa, uning qator orasi chopiq qilinib
o„simlik atrofi yumshatiladi.
Topinambur o„suv davrida chilpish (chekanka) faqat ko„k massasini 
ko„paytiradi, tuganak hosiliga salbiy ta‟sir etadi, shuning uchun chilpish tavsiya 
etilmaydi.
Topinambur hayotining ikkinchi va uchinchi yili u o„sayotgan yerni erta 
bahorda 2-3 marta borona qilish bilan boshlanadi. Ikkinchi va uchinchi yili 
topinambur o„simligi soni har m

da ko„payib ketadi, shuning uchun qator orasi 
kultivatsiya qilinadi hamda undagi ortiqcha o„simliklar olib tashlanadi, ya‟ni 
qatordagi zichligi me‟yorga keltiriladi. Topinambur faqat tuganagidan emas, poya 
qalamchalaridan ham ko„paytirilishi mumkin. Topinambur poyasi O„zbekiston 
sharoitida oktyabr oxirida, tuganagi esa noyabr oxirida silos yig„adigan 
kombaynlar bilan yig„ishtiriladi. Tuganak hosilini yig„ishtirish qish faslida davom 
etishi mumkin.
Topinambur oq chirish kasalligi bilan zararlanadi, unga qarshi kurashish 
uchun tuganakmeva saqlanayotgan xona haroratini -3
o
C dan past saqlash va 


291 
kasallangan o„simliklarni daladan chiqarib tashlash kerak. Simqurt, may qo„ng„izi 
kabi zararkunandalar tuganakmevalarni, lavlagi va sholg„om kanalari uning poya 
qismini zararlaydi. Ularga qarshi anabazin sulfat sepilishi kerak.

Download 7.59 Mb.
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish