-jadval  Ildizmevaning to„yimliligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
47-jadval 
Ildizmevaning to„yimliligi 
Ko„rsatkichlar 
Ekinlar 
Qand
lavlagi 
Xashaki 
lavlagi
Xashaki 
sabzi 
Xashaki 
sholg„om 
(turneps) 
1 t ildizmevada: 
Oziq birligi, kg 
260 
120-150 
140 
110-120 
Protein, kg 
15-16 
8-12 
9, 5 
12-14 
1 t bargida oziq 
birligi, kg 
120-150 
100-110 
130-170 
115-120 
Protein, kg 
18 
19-23 
14-21 
17-20 


293 
Bu guruhning asosiy ekiladigan vakillari: 
Qand lavlagi   
 Xashaki lavlagi 
 Xashaki sholg„om 
 Xashaki sabzi 




Beta vulgaris L.v. saccharifera 
Beta vulgaris L.v. crassa
Brassica L. ssp rapifera M
Daucus carota v. crassa L. 
 
6. 1. QAND LAVLAGI 
 
Ahamiyati. Qand lavlagi qand olish va mollarga ozuqa uchun etishtiriladigan 
kerakli texnik ekindir. Ildizmevasida o„rtacha 17-20% qand moddasi bor. 
Ildizmevaning hosili 40-50 t/ga bo„lganda gektardan 7-8 t/ga qand to„plash 
mumkin, qand zavodlarida qand ishlab chiqarilgandan keyin shinni (patoka) va 
jom qoladi. Shinnining quruq moddasida 60% qand 15% azotsiz moddalar, 8-9% 
kul moddasi bo„ladi. Shinnidan spirt, sut va limon kislotasi ishlab chiqariladi. 
Jomning tarkibida 15% quruq modda, 10% azotsiz moddalar, 3% kletchatka, 0, 7% 
kul, 0, 1% moy va 1, 2% oqsil bor. 100 kg quruq jomning to„yimliligi 80 oziq 
birligiga teng. Lavlagining hosili 30 t/ga bo„lganda jomning chiqishi 24 t bo„ladi. 
Bargi umuman ildizmeva hosilining 30-35% ni tashkil etib, to„yimlilik xususiyati 
boshqa o„simliklar ko„katidan kam emas. Barg tarkibida 20% quruq modda 
bo„ladi, shu jumladan 2, 5-3, 5% oqsil, 0,8% moy 100 kg bargining to„yimliligi 18-
20 oziq birligiga teng.
Yig„ishtirilgan qand lavlagining 1 kg ildizmevasi tarkibida 0,25-0,26 oziq 
birligi, 9-12 hazmlanuvchi protein 0,29-0,54 g kalsiy, 0,35-0,51 g fosfor va bargida 
– 0,11-0,13 oziq birligi 16-21 oqsil 1,08 g kalsiy va 0,36 g fosfor mavjud. Qand 
lavlagidan bo„shagan erlarga ko„pincha dala va sabzavot ekinlari ekiladi.
Tarixi. Zamonaviy qand lavlagi butunlay olimlar tomonidan seleksiya 
sohasidagi yutuqlar evaziga yaratilgan o„simlik turi. U tahminan 250 yil ilgari 


294 
Yevropada qand manbai qilib yaratilgan. Keyinchalik juda qimmat shakar 
shakarqamish bilan raqobatlashadi.
29
Hozirgi kunda ekiladigan lavlagi o„simligi ikki yillik ekin. Ko„pchilik ilmiy 
kuzatishlarda ko„rsatilishicha, uning vatani O„rta Yer dengizi hisoblanadi. 
Sug„oriladigan yerlarda eramizgacha 2000-1500 yil oldin sabzavot o„simligi 
sifatida foydalanib kelingan.
Ildizmevasidan Osiyoning tog„li viloyatlarida, taxminan eramizdan 1000 yil 
oldin foydalana boshlangan. VIII-XII asrlarda O„rta Osiyo, Kavkazorti, Sibir va 
boshqa mamlakatlarga keltirilgan.
XVIII-XIX asrlarga kelib lavlagi ildizmevasi xo„raki, qand va oziq 
yo„nalishida ekiladigan bo„ldi. Qand lavlagi o„rtacha iqlim o„simligi bo„lib, u 
Kanada, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Rossiya, Latviya, 
Belorussiya, Turkiya, Yaponiya, Afg„oniston mamlakatlariga tarqalgan.
O„zbekistonga qand lavlagi XX asr boshida keltirilib, asosan qand 
zavodlariga mahsulot yetishtirish uchun ekilib, katta maydonlarga ekilmagan. 
Hozirgi vaqta O„zbekiston Respublikasi mustaqil bo„lgandan so„ng, qaytadan qand 
lavlagi yetishtirilib qand ishlab chiqarish maqsadida ekin maydonlari 
kengaymoqda. Xorazm va Toshkent viloyatida yirik qand ishlab chiqarish 
zavodlari qurildi. Bundan tashqari Respublikada o„nlab mini zavodlar mavjud. 
Qand lavlagi serhosil ekin bo„lib yer yuzida o„rtacha 4,5 mln.ga maydonga ekiladi, 
yalpi hosili-250 mln.t
30

Download 7.59 Mb.
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish