2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
5.1. KARTOSHKA 
 
Ahamiyati. Kartoshka muhim oziq-ovqat, oziqbop texnik o„simlik bo„lib, 
o„simlikshunoslikda etishtiriladigan barcha mahsulotlar qatorida eng muhim 
o„rinlardan birini egallaydi. Kartoshka oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatiga ega. 
Shuning uchun u don mahsulotlaridan so„ng ikkinchi o„rinda turadi. Shu bilan 
birga chorva mollariga kartoshka tuganaklari xomligicha, siloslangan yoki 
bug„langan, palagi esa yangiligicha va siloslangan holda beriladi. Bundan tashqari, 
kartoshka tuganagi qayta ishlangan vaqtida chiqadigan chiqindi (barda, turpi) ham 
mollarga beriladi.
Kartoshka tuganagini oziq-ovqatda ko„p ishlatishga sabab - uning tarkibida 
inson organizmi yaxshi o„zlashtiradigan uglevodlar, oqsillar asosan, kraxmalning 
ko„pligi, C vitamini, mineral tuzlar, temir, kal‟siy va boshqa moddalarning 
mavjudligidadir. Xom tuganagi tarkibida C vitamini miqdori 40% mg/ga yetadi.
Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% mg/ga suv bo„ladi. Tuganagi 
tarkibi 75% suv va 25% quruq moddadan iboratdir. Quruq modda o„z navbatida 
1% mineral birikma, 1% kletchatka, 1,2-3,0% oqsil, 0,7% aminokislota, kraxmal 
14-22%, qand 0,9% pektin moddalar 0,7%, organik kislotalar-0,2%, yog„ 1% va 
boshqa moddalar 1,5% ni tashkil etadi.
Tuganak tarkibida vitaminlardan: PP (0,57 mg,) B
1
(0,11 mg), B

(0,06 mg), 
B
6
(0,22 mg) mavjud bo„lib, C vitaminining esa eng ko„p miqdori 12 mg ni tashkil 
etadi va ayrim xollarda uning miqdori 40 mg ga yetadi. Yetilmagan yosh 
tuganaklar bu vitaminga juda boydir.


269 
Kartoshka ko„kimtir rangga ega bo„lgan tuganaklarida zaharli modda 
glyukoalkaloid, solanin (1-20 mg%) moddasi hosil bo„ladi. Bu zaharli modda 
ta‟siri uni pishirish vaqtida qisman yo„qotiladi. 
Kartoshka - texnik ekin hisoblanadi. Uni 1 tonna tuganagidan 112 litr spirt, 
55 kg uglekislota, 0,39 litr sivush moyi, 1500 litr barda yoki 170 kg kraxmal, 80 kg 
glyukoza va boshqa mahsulotlar olinadi.
Kartoshka tuganagidan olinadigan spirt sifati jihatidan ancha yuqori turadi. 
Shuning uchun u farmatsevtika, atir-upa hamda aroq ishlab chiqarish sanoatida 
keng foydalaniladi. Undagi kraxmaldan konditer, mato to„qish va kolbasa ishlab 
chiqarishda ham foydalaniladi.
Respublikamiz miqyosida kartoshka, asosan oziq-ovqat maqsadida 
yetishtiriladi. Yetishtirilgan kartoshkaning 25-30% urug„lik sifatida foydalaniladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish