2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Tarixi. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika Kardilerlaridir, chunki And 
tog„i hududlarida va Tinch okeani sohillarida bu ekinning ko„pgina yovvoyi va 
yarim yovvoyi turlari hozir ham o„sadi. Yevropaga (Ispaniyaga) u XVI asrning 
ikkinchi yarmida keltirilgan. Petr I Gollandiya safarida yurgan vaqtida XVII asr 
oxirida graf Sheremetevga kartoshka jo„natgan degan taxmin bor. Demak, 
kartoshka Rossiyaga XVII asr oxirida keltirilgan.
Kartoshka asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab katta 
maydonlardan ekila boshlanadi. Kartoshkani qayta ishlaydigan sanoatning 
rivojlanishi natijsida uni yetishtirish tez rivojlandi.
Markaziy Osiyoda, jumladan O„zbekistonda kartoshka XIX asr o„rtalaridan 
keng tarqalgan. Yer yuzida 2013 yil kartoshka 19,5 mln. ga ekilgan, o„rtacha hosil 
189,1 s/ga, yalpi hosil 368,1 mln t. ni tashkil qilgan.
Kartoshka yetishtirish bo„yicha birinchi o„rin Yevropa mintaqasiga mansub 
bo„lib, u yerda 135-138 mln.t. hosil yetishtiriladi yoki dunyoda bu ekin ekiladigan 
maydonning 46-47% shu mintaqa o„zida mujassamlashtirgan. Yevropa 
mintaqasida Rossiya (32-35 mln.t.), Polsha (16-25 mln.t.), Ukraina (13-18 mln.t.), 
Germaniya (10-12 mln.t.), Belorussiya (8.0-8.5 mln.t.), Gollandiya (7-8 mln.t.) va 


270 
Buyuk Britaniya (7 mln.t.) eng ko„p kartoshka ishlab chiqaradigan davlatlar bo„lib 
hisoblanadi.
Mamlakatimizda so„ngi yillarda kartoshka ekin maydoni o„rtacha 70-75 
ming gektar bo„lib, hosildorligi 17,5-18,2 t/ga, yalpi hosili 1862,4-1902,5 ming 
t/ga etgan.
 
Sistematikasi. Kartoshka Solanum tomatdoshlar Solanaceae oilasiga 
mansub bo„lib, bizning sharoitimizda tuberosum turi yetishtiriladi.
Kartoshkaning boshqa turlari ishlab chiqarishda ekilmaydi, ammo seleksiya 
ishlarida qo„llash mumkin. Bu quyidagi turlar: 
1. Solanum andigehum Juz et Buk tetraploidli (2n-48) madaniy tur - 
Argentinada uchraydi.
2. Solanum leptostigma Zuz tetraploidli tur, serkraxmalli, rak kasaliga 
chidamli.
3. Solanum phureja ef Buk, Solanum rubihi Juz et Buk diploidli (2n-24) 
turlar Janubiy Amerikada uchraydi.
4. Solanum demissum Lahdli yovvoyi gaploidli (2n-72) tur - Meksikada 
uchraydi.
5. Solanum stoloniferum-allotetraploidli tur, And tog„larida uchraydi.
Madaniy kartoshka - tuganakmeva hosil qiladigan ko„p yillik o„simlik 
bo„lib, uning yer ustki qismi-barg va poyalari har yili o„sadi va nobud bo„ladi. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish