2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
9.1.TAMAKI 
 
Barg tarkibi. Tamakini ekishdan maqsad - uning bargidan papiros, sigara, 
sigaret, trubkali tamaki, hidlaydigan tamaki ishlab chiqarishdir. Tamaki bargida 1-
4% nikotin, 1% efir moyi, 4-7% smola, 7-10% oqsil, 4-13% uglevod, 13-15% kul 
moddasi bo„ladi. Uglevodlar yonish jarayonida tutunning achchiqligini 
kamaytiradi. Ularning 45% ni kraxmal tashkil qiladi. Barg yetilganda kraxmal 
ko„payadi, shuning uchun barg sarg„ayadi. 
Oqsil miqdori pishish davrida kamayadi. Uglevodlarning oqsilga bo„lgan 
nisbati 1,2-1,5 ga teng, bu son “Shmuk” soni deb yuritiladi. Nikotin - bu rangsiz 
kuchli zaharli modda, yoqimsiz hid beradi. Sifatli tamaki hom ashyosida 1,5-2% 
nikotin bo„ladi. Tamaki tarkibida nikotindan tashqari nornikotin, anabazin kabi 
alkoloidlar ham uchraydi. Tamaki tarkibida sirka, chumoli, moy, olma, limon va 
boshka organik kislotalar bo„ladi. Bu kislotalarning uchuvchan (sirka, chumoli, 
moy) va uchmaydigan (olma, limon) turlari mavjud. Sifati past tamakida 14-16% 
organik kislotalar bo„ladi. Faqat limon va olma kislotalarining tuzlari tamakining 
yonuvchanlik xususiyatiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Limon kislotasi 18% gacha 
bo„ladi. Tamakida 12-15% gacha pektin moddalari bo„ladi. Tamakining 
xushbuyligi asosan undagi efir moylarining miqdoriga bog„liq. 
Tarixi. Tamakining vatani Janubiy Amerika. Yevropaga taxminan 1518 
yilda keltirilgan. Dastlab u Portugaliya va Ispaniyada manzarali o„simlik sifatida 
o„stirilgan. Evropaning boshka davlatlariga 1560 yil tarqalgan. Shu yili Fransiyada 
Jon Nika tamaki urug„ini ekib ko„rilgan va tamaki avlodiga “Nicotiana” deb nom 


387 
beriladi. Yevropada tamakini chekish XVI asrda boshlangan. Tamakini Rossiyada 
ekishga Petr I yo„l ochib berdi. U 1687 yili tamakini ochiq savdo qilish to„g„risida 
farmon chiqaradi. 
Tamaki yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 4,75 mln/ga (1915). Asosiy 
ekin maydoni Xitoy, AQSh, Hindiston va Braziliyada joylashgan. Tamaki 
Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Moldovada ekiladi. O„zbekistonda tamaki asosan 
Samarkand viloyatining Urgut tumanida ekiladi. O„zbekistonda 1997 yili 8,7 
ming/ga yerga ekilgan, o„rtacha hosili 29,2 s/ga tashkil qiladi.
39

Download 7.59 Mb.
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish