• Tarqalishi.
  • Sistematikasi
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet266/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Jutning kelib chiqishi? 
    2. Jutning sistematikasi? 
    3. Jut tolasining sifati? 
    4. Jut tolasi nima uchun ishlatiladi? 
    5. Ekish usuli, muddati va me‟yori qanday bo„ladi? 
    6. Tola va urug„ hosili qanday bo„ladi? 
    7. Tola hosili qanday yig„iladi? 
     
    8.4. DAG„AL KANOP (KANATNIK) 
    Ahamiyati. Dag„al kanop tolasidan dag„al gazmollar, arqon, qoplar, kanatlar 
    ishlab chiqariladi. Poyadan 23,3-27,5% o„rtacha 15-17% tola chiqadi. Dag„al 
    kanopning urug„ida 18% yarim quriydigan texnik moy bo„ladi. Tola ajratib 


    384 
    olingandan keyin chiqindilaridan qog„oz va qurilish materiallari ishlab chiqiladi 
    hamda yoqilg„i sifatida qo„llanadi.
    Tarqalishi. Yovvoyi xolda dag„al kanop: Yevropaning janubiy mintaqasi
    Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyada keng tarqalgan. MDH davlatlarida dag„al 
    kanop Qozog„istonda Kavkaz davlatlarida va O„rta Osiyoda uchraydi.
    Vatani va madaniy dag„al kanopning markazi deb Shimoliy Xitoy hisoblanadi. 
    Boshqa davlatlarda ham oz maydonlarda ekiladi. Rossiyada ilk bor dag„al kanop 
    1910 yili Kubanda ekilgan. Keyinroq bu o„simlik 1930 yildan boshlab Shimoliy 
    Kavkaz, Qozog„iston, Stavropol va Krasnodar o„lkalarida, Belarussiyada, 
    Ozarbayjonda ekilgan. Tola hosili 20-40 s, urug„ hosili 8-12 s/ga ni tashkil qilgan.
    Sistematikasi. Dag„al kanop - Abulion avicennae Gaertn. bir yillik 
    gulxayrilar (Malvaceae)
     
    oilasiga mansub. Poyasi tik o„sadi, yuqori qismi 
    shoxlanadi, poya balandligi 5-7 m gacha bo„ladi, sertukli. Bargi yirik, dumaloq-
    yuraksimon, kuchli tuklangan. Uchi o„tkir. Guli sariq rangli, 5 ta gulbarglari 
    poyaning 10-30 bo„g„inlarida joylashadi. Mevasi - qovurg„ali ko„sak 11-30 ta 
    meva barglaridan tashkil topgan, tarkibida 30-100 ta urug„ bo„ladi. Urug„i mayda 
    buyraksimon, kul, qora rangli, 1000 tasining vazni 10-16 g, urug„i kam to„kiladi. 
    Ildizi o„q ildiz, tuproqqa 40-60 sm ga kirib boradi. 
    Dag„al kanop qurigan torfli-botqoqlangan tuproqlarda yaxshi o„sadi. 
    Maysalanish davrida qisqa muddatli haroratni 0 °C gacha pasayishiga bardoshli.; 
    maysa -2 -3 °C da nobud bo„ladi. Katta yoshdagi o„simlik -4 °C ga bardoshli. Suv 
    bostirishga va sizot suvlarni yaqin joylashishiga chidamsiz. Dag„al kanop 
    zamurug„li va boshqa kasalliklarga chidamli. Dag„al kanop o„zidan changlanadi, 
    ammo xashoratlar yordamida chetdan changlanishi mumkin navlar bilan 
    bog„langan holatda amal davri 100-130 kun bo„ladi. MDH davlatlarida ekiladigan 
    eng yaxshi navlar: Azov-Chernomorsk tajriba stansiyaning navi № 091, amal davri 
    120 kun va Bezenchuk qishloq xo„jaligi tajriba stansiyasida yaratilgan №85, 
    №452; Ukrainaning seleksiya-genetika institutida yaratilgan №07 (amal davri 120 
    kun). Bu navlar serhosil. Tola chiqishi 24-26% ni tashkil qiladi. 


    385 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish