• Morfologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet269/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Sistematikasi. Tamaki Nicotiana avlodi, ituzumdoshlilar Solanaceae oilasiga 
    mansub. Uning ikkita turi ekiladi: tamaki N.tabacum L. va maxorka N.rustica. Bu 
    turlar chekish mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ekiladi. Yovvoyi turlari: 
    N.alata va N.sandera manzarali o„simlik sifatida ekiladi. 
    Turli sharoitda har xil agroekologik tipga mansub bo„lgan tamaki navlar 
    guruhi shakllangan. Navlar guruhi yoki agroekotiplar vujudga kelgan joyning nomi 
    bilan yuritiladi. Tamakining mavjud agroekotiplari uch guruhga bo„linadi:
    1. Papiros tayyorlanadigan sharqiy tamaki. 
    2. Amerika papiros tamakilari. 
    3. Sigarabop tamakilar. 
    Papiros tayyorlanadigai Sharqiy tamaki guruhi Kichik Osiyo va Bolqon 
    yarim orolida tarqalgan, iqlimi issiq va quruq hamda tuproq unumdorligi past 
    bo„lgan sharoitda shakllangan. Bu guruhga mansub bo„lgan asosiy belgilar-mayda 
    bargli, bargning zichlashishi, qurg„oqchilikka chidamli, o„rta yoki ertapishar, 
    ancha xushbo„y. Bu guruhga kiradigan navlar barglari joylashishi bo„yicha: a) 
    bandsiz barglarga ega navlar «Basma», «Smirna», «Dyubek» va b) bandli bargli 
    navlar «Samsun», «Trapezond», «Persigai» va boshqalardir. 
    Amerika papiros tamakilari guruhiga Janubiy Amerikaning issiq va sernam 
    iqlimli sharoitda shakllangan yirik bargli, baland bo„yli va namga juda talabchan 
    navlar vujudga kelgan, bular «Virjiniya», «Merilend», «Berleydir». 
    39
    www.FAOstat.fao.Org-2017 years. 


    388 
    Sigara tamaki guruhiga kiradigan navlar sernam va issiq sharoitda 
    shakllangan. Bular - Braziliya tamakisi, Gavana va Sumatra tamakilaridir. 
    Morfologiyasi. Tamaki bir yillik o„simlik, tropik mintaqasida 2-3 yil o„sib 
    hosil berishi mumkin. Ildizi o„q ildiz, yaxshi rivojlangan. Tamaki poyasi tik o„sadi, 
    tukli bo„ladi. Bargi poyada ketma-ket joylashgan bo„lib, bandli, bandsiz va tukli 
    bo„ladi. Bargning poyaga birikkan joyida barg quloqchasi bo„ladi, uning shakli 
    kattaligi nav belgisi bo„lib, har xil bo„ladi. Barg soni 16-20 ta bo„ladi, ba‟zan 40-
    50ta va undan ham ortiq bo„lishi mumkin. Barg soni nav belgisi bo„lib, kam 
    o„zgaradi. Bargning anatomik tuzilishiga ko„ra qalinligi va elastikligi har xil 
    bo„ladi. Bu xususiyati bargning texnologik xususiyatiga ta‟sir qiladi. Barg 
    yetilganda qalinligi yuqori bo„ladi, shunda uni yig„ib olish mumkin. 
    Biologiyasi. Tamakining o„sish davri shartli ravishda ikki bosqichga 
    bo„linadi: 1) ko„chat davri 35-60 kun davom etadi. Ko„chat davrida urug„ning unib 
    chiqish, maysalanish, tomirlanish va ko„chat shakllanish davrlari farqlanadi. 2) 
    Dala o„sish davri. Bu davr dalaga ko„chatni o„tqazgandan to ko„sakchalar pishib 
    yetilguncha bo„lgan davrni o„z ichiga oladi va ekiladigan navning xususiyatiga 
    qarab 60-150 kun davom etadi, o„rtacha 100-120 kun bo„ladi. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish