2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Madaniy va yovvoyi o„simliklar. Madaniy o„simliklar xalq xo„jaligidagi 
mavjud talablarni qondirish uchun ekiladigan o„simliklardir. Bu o„simliklardan 
oziq-ovqat, yem-xashak, har xil sanoatga hom ashyo, dorivor, xushbo„y 
mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi.
O„simliklar talabini va tabiatini boshqarib, seleksiya va agrotexnikadan 
foydalanib, 
olimlar 
o„simliklarning mahsuldorligi va sifatini oshiradi. 
O„simliklarning o„sish sharoiti bu tuproq-iqlim sharoiti bo„lib, uni inson o„zgartirib 
turadi: tuproqqa har xil ishlov beradi, o„g„it soladi, ekish va parvarishlash 
texnologiyasini takomillashtiradi, boshqa texnologik tadbirlarni o„zgartirib, yuqori 
hosil olishni o„rganadi. Bu sharoitdan mahrum bo„lgan o„simliklarning hosildorligi 
va sifati pasayadi va oqibatda nobud bo„ladi.
Madaniy o„simliklarning tarixi insoniyat tarixi bilan uzviy bog„liqlikda 
rivojlanib kelmoqda. Madaniy o„simliklarning kelib chiqishi, takomillashi 
insoniyat madaniyati bilan bog„langan. Dehqonchilik tizimini, yetishtirish 
texnologiyasini, o„simlik o„sish sharoitini o„zgarishi o„simliklarda yangi belgilar, 
xususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo„lgan.
O„sish sharoitini o„zgarishi (yuqori hosil olish yo„lida amal qilingan) 
o„simliklarda inson uchun ma‟qul bo„ladigan o„zgarishlar kelib chiqqan: qand 
lavlagining ildizmevasi yiriklashgan, qandlilik darajasi oshgan; kartoshka 
tuganakmevasining shakli, kattaligi o„zgarib-kraxmalliligi; donli ekinlarda-



donning kattaligi hamda boshoqning donga to„laligi; g„o„za ekinida esa 
chanoqning yirikligi va tola sifati oshgan.
 
Yuqori hosil yetishtirishni asosiy agronomik sharoitlari 
Dalada o„simlikning hayoti doimo o„zgarib turadigan sharoitda o„tadi 
(sutkalik va mavsumiy harorat, yorug„lik, namlik, oziqlanish sharoiti). Havo va 
ildiz orqali oziqlanish bir biriga bog„liq bo„ladi. O„simlik tuproqdan suv va oziqa 
bilan to„la ta‟minlansa, havo orqali ham faol o„zlashtiradi.
Dala ekinlarini yetishtirishda agronomik tadbirlar oqilona bajarilganda 
(ekinlarni navbat bilan ekish, dukkakli ekinlarni yetishtirish, tuproqqa ishlov berish 
tizimi, o„g„itlash tizimi, ekish texnologiyasi, ekinlarni parvarishlash) yuqori hosil 
yetishtirish ta‟minlanadi. Yuqori hosil yetishtirish tuproq unumdorligini oshiradi 
(ildiz massa ko„payadi, tuproq mikroflorasi faollashadi).
Dehqonchilik madaniyati yuqori bo„lganda o„simliklarning fiziologik 
xususiyatlari o„zgaradi (ildizlarni so„rish hususiyati, uglekislotani hazm bo„lishi, 
fotosintez).
Ilmiy 
agrotexnika 
o„simliklarning o„zgartirilgan sharoitga javoban 
o„zgarishiga asos bo„ladi. Ilmiy agrotexnikaning vazifasi - o„simliklarning talabini 
rivojlanish davrida to„la qondirishdir. Ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarning 
majmuasini qo„llash yuqori hosilni va sifatli mahsulot yetishtirishni ta‟minlaydi. 
Agrotexnika majmuasi o„z vaqtida qo„llanilishi zarurdir.

Download 7.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish