• Namlikka talabi.
  • Ozuqa elementlariga bo„lgan talabi
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Tashqi muhitga talabi 
    Tuproqqa talabi. Bug„doyni tuproqqa bo„lgan talabi juda yuqori. Tuproq 
    unumdor, ko„p miqdorda oziq unsurlarga ega bo„lishi kerak. Tuproq reaksiyasi pH 
    6-7,5 bo„lishi lozim. Sho„r, botqoqlangan va nordon tuproqlardan tashqari barcha 
    tuproqlarda yaxshi o„sadi.


    88 
    Namlikka talabi. Bug„doy namlikni yaxshi ko„ruvchi o„simlik. Uning unib 
    chiqishi va bo„qishi uchun har hil miqdorda suv talab qilinadi. Urug„ o„rtacha 
    bo„qish uchun 45-56% suvni yutadi. O„simlikning rivojlanishining boshlanishida 
    ya‟ni ildiz tizimi shakllanayotgan bir paytda tuproqni yaxshi namlash talab 
    qilinadi.
    Tuplanish davridan boshlab suv sarfi ko„paya boshlaydi va u naychalash va 
    donning to„lishishi davrida maksimumga ega bo„ladi.
    Bu davrda boshoq o„sadi, generativ organlari hosil bo„ladi, don shakllanadi. 
    Agar suv kam bo„lsa, bug„doy yomon shoxlanadi yoki umuman shoxlanmaydi. 
    Donning shakllanishida suvning yetishmasligi hamda donning to„lishishida 
    suvning yetishmasligi urug„ning siyrak bo„lishiga va puch don hosil bo„lishiga olib 
    keladi.
    Mum pishish davrida suvga bo„lgan talabi kamayadi, transpiratsiya 
    koeffitsienti 460-500 tuproq iqlim sharoitiga qarab bu ko„rsatkich o„zgarib turadi.  
    Ozuqa elementlariga bo„lgan talabi. Bug„doy ozuqa elementlariga juda 
    talabchan. Hosildorlik qancha yuqori bo„lsa, shunchalik oziq moddalar ko„p talab 
    qilinadi. Bug„doy ekiladigan asosiy zonalarda 1 s don va shunga mos ravishda 
    somon hosili uchun 2,5-3,5 kg azot, 0,9-1,2 kg fosfor, 2-3 kg kaliy sarf qilinadi.
    Haqiqatda bug„doy o„zi oziq moddalarni ko„proq qabul qiladi, oziq 
    moddalarning bir qismi ildizlarida qoladi va tushib ketgan barglarda ham qoladi. 
    Azot va fosfor tuplanish va sut pishish davrida ko„proq iste‟mol qilinadi.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish