• Ekinlarni parvarish qilish
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Urug„ ekish me‟yori. Urug„ ekish me‟yori urug„likning sifatiga, tuproq 
    unumdorligiga va suv bilan taminlanishiga qarab har xil bo„ladi. Lalmi yerlar 
    unumsiz va suv bilan ta‟minlanmaganligi sababli gektariga sarf qilinadigan urug„ 
    miqdori sug„oriladigan yerlarga nisbatan kam bo„ladi. Urug„ni ekish me‟yori lalmi 
    yerlarning sharoitiga qarab har xil bo„ladi. Tog„ oldi va tog„li zonalarda ko„proq, 
    tekislik va do„ngli tekis zonalarda kamroq urug„ sarflanadi. Shunga ko„ra bunday 
    yerlarda bir gektar yerga 2,0-2,5 mln. dona, ya‟ni 60-70 kg don 120-125 kg gacha 
    13
    www.qxmeiti@qsxv.uz.2017 


    98 
    urug„ sarflanadi.
    Sug„oriladigan yerlarning unumdorligi yuqori va suv bilan ta‟minlanganligi 
    sababli o„simlik qalinligini oshirish hisobiga yuqori hosil olinadi. Shuning uchun 
    sug„oriladigan yerlarda urug„ ekish me‟yori lalmi yerlarga nisbatan ikki barobar 
    ko„p, ya‟ni gektariga 4-5 mln. dona urug„ ekilishi kerak. O„zbekiston «G„alla» 
    ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va ToshDAU tajriba stansiyasida o„tkazilgan 
    tajribalarga qaraganda, gektariga ekiladigan urug„ me‟yori 3 mln. donadan 5 mln. 
    donagacha oshirilishi bilan bug„doy hosili ham oshganligi aniqlangan.
    Demak, kuzgi bug„doyni ekish me‟yori urug„likning sifat hamda ekish 
    sharoitiga qarab 180 kg-220 kg bo„lishi kerak.
    Kuzgi bug„doy ekish chuqurligi, uning sovuqqa chidamli bo„lishida katta 
    ahamiyatga ega. Urug„ chuqurroq ekilganda tuplanish bo„g„ini ham chuqurroq 
    joylashadi. Kuzgi-qishki sovuqlar poyalarga ta‟sir qilgan vaqtda ham tuplanish 
    bo„g„iniga ta‟sir qilmasa, o„simlik nobud bo„lmaydi. Shuni hisobga olgan holda 
    kuzgi bug„doyning urug„i ekish vaqtida 6-7 sm ga, lalmi yerlarda erta ekilganda 
    esa 6-8 sm ga ko„miladi.
    Ekinlarni parvarish qilish. Kuzgi bug„doyni parvarish qilish boronalash, 
    oziqlantirish va sug„orishdan iborat. Kuzgi bug„doy tuplanish davrida 
    boronalanadi. Lekin, o„simliklarning tuplanish davri har xil muddatga to„g„ri 
    kelishi mumkin. Kuzgi bug„doy optimal muddatda ekilib, namlik yetarli bo„lsa, 
    kech kuzgacha o„simliklar tuplana boshlaydi va shu holatda qishlaydi, bunday 
    vaqtda erta bahorda, kechroq ekilganda ham bahorda o„simliklar tuplanish davrida 
    yangi boronalar bilan boronalanadi. Buning natijasida tuproq usti yumshatiladi
    o„g„it solinadi, o„simlikning ildiz bo„g„zi yetiladi va ular yaxshi tuplanadi. 
    Yuqorida aytib o„tilgandek, ekinlar ikki muddatda oziqlantiriladi. Birinchi marta 
    tuplanish davrida boronalashdan oldin va ikkinchi marta nay o„rash davri 
    boshlanganda oziqlantiriladi. Oziqlantirishda ekishdan oldin berilgandan so„ng 
    qolgan o„g„itlar barobariga ikki qismga bo„linib, ikki marta beriladi.
    Kuzgi ekinlar tuproq-iqlim sharoitiga qarab 2-3 martagacha sug„oriladi. Yer 
    osti suvlari yuza joylashgan yerlar o„suv davrida 2 marta, yer osti suvlari chuqur 


    99 
    joylashgan maydonlarda uch martagacha sug„oriladi.
    Kuzgi bug„doy optimal muddatda sentyabr oyining oxiri oktyabr oyining 
    boshlarida ekilganda, ekishdan so„ng sug„oriladi, bundan tashqari, o„sish davrida 
    bug„doyni uch martagacha sug„orish mumkin. Ekin birinchi marta tuplanish 
    davrida, ikkinchi marta nay urash davrida va uchinchi marta boshoqlanish davrida 
    sug„oriladi. Sug„orish me‟yori tuproq muhitiga qarab, gektariga 700-800 m
    3
    dan 
    1000-1200 m
    3
    gani tashkil etishi mumkin. Bug„doy ekish vaqtida qoldirilgan 
    egatlar orqali sug„oriladi. Bu usul eng yaxshi usul hisoblanib, suv tejab sarflanadi. 
    Yer betida qatqaloq hosil bo„lmaydi va suv bir tekis taqsimlanadi. Sug„orish 
    egatlarining uzunligi 100 m dan ortiq bo„lmagani ma‟qul hisoblanadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish