2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Kuzgi bug„doy hosilini yig„ish. Kuzgi bug„doy hosilini yig„ib-terib olish 
don yetishtirish va uning yalpi hosilini oshirishdagi eng so„nggi va eng mas‟uliyatli 
davr hisoblanadi. O„rim-yig„im ishlarini o„z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, 
nobudgarchilikning oldini olish bug„doydan mo„l hosil yetishtirishning asosiy 
garovidir.
 
 

 
r
asm-1.Umumiy ko„rinish.
 
rasm-2. Boshoqlar. rasm-3. Bug

doy doni
 
 
 


100 
Kuzgi bug„doy hosili ikki usulda yig„ishtirib olinadi: 
1. Ikki bosqichli yig„ish usuli - oldin o„rilib, keyin yig„ib olinishi asosiy usul 
hisoblanadi. Bu usulda ekinlar doni mum pishiklik davrida maxsus o„rish 
mashinalarida yyerdan 15-20 sm balandlikda o„rilib, quritish uchun ang„izga yo„l-
yo„l qilib tashlab ketiladi. Bu vaqtda yetilgan bug„doy yerga to„kilmaydi. 
O„rilgandan bir necha kun o„tgandan so„ng, donning qurishiga qarab, podborshchik 
o„rnatilgan kombaynlarda yig„iladi va yanchiladi.  
Hosilni oldin o„rib, keyin yig„ib olish usulining afzalligi shundaki, u 
to„g„ridan-to„g„ri o„rib yanchishga qaraganda o„rimni 5-6 kun erta boshlashga 
imkon beradi, nobudgarchilik keskin kamayadi.
2. Hosil to„la yyetilganda o„rim-yig„im kechikkanda, shuningdek o„simliklar 
past bo„yli, siyrak bo„lgan maydonlarda hosilni bir yo„la kombaynlarda yig„ib olish 
mumkin.
 
Takrorlash uchun savollar: 
 
 
1. Sug„oriladigan yerlarda bug„doy uchun yaxshi o„tmishdosh ekinlarni bilasizmi? 
2. Kuzgi bug„doyning ekish muddati nimaga bog„liq bo„ladi? 
3. Qanday holatda kuzgi bug„doy qishga kirish kerak? 
4. Kuzgi bug„doyni ekish me‟yoriga nima ta‟sir ko„rsatadi? 
5. Kuzgi bug„doyni oziqaga talabi qanday bo„ladi? 
6. Kuzgi bug„doy uchun o„g„itlar miqdori qanday aniqlanadi? 
7. Qaysi rivojlanish davrida qo„shimcha oziqlantiriladi? 
8. Kuzgi bug„doy qaysi rivojlanish davrida suvni ko„p talab qiladi? 
9. Kuzgi bug„doy qaysi rivojlanish davrlarida sug„oriladi? 
10. Sug„orish me‟yori qancha bo„ladi? 

Download 7.59 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish