• Ekish muddati.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    O„g„itlash. Kuzgi bug„doy yerning unumdorligiga talabchan bo„ladi. 
    Rejalashtirilgan hosilni olish uchun yerga solinadigan o„g„itlar me‟yori 
    agrokimyoviy kartogramma ma‟lumotlariga asosan yerlardan hosil bilan chiqib 
    ketadigan oziq moddalar, ekin o„zlashtiradigan oziq elementlar va yerga solingan 
    o„g„it miqdoriga qarab aniqlanadi.
    Kuzgi bug„doy azotga juda talabchan bo„ladi. U nay o„rash va boshoqlanish 
    davrida azotni o„sishining dastlabki 4-5 chi haftasida, fosforni va o„suv davrining 
    boshidan gullagunga qadar, kaliyni ko„p talab qiladi. Fosforli va kaliyli o„g„itlar 
    kuzgi bug„doyning qishga chidamliligini oshiradi, donning yetilishini tezlashtiradi. 
    Poyaning yotib qolishidan va turli zamburug„ kasalliklaridan saqlaydi. Ko„p 
    miqdorda azotli o„g„itlar solinganda tuplanish muddati uzayib, poyalardagi 
    boshoqlar bir vaqtda yetilmaydi.
    O„zbekiston «G„alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma‟lumotlariga 
    qaraganda kuzgi donli ekinlarga sug„oriladigan yerlarda quyidagi miqdorda o„g„it 
    berilishi kerak: azot 180-200 kg/ga, fosfor 90-110 va kaliy 60-90 kg/ga. Lekin, 
    unumdorligi past bo„lgan tuproqlarda bu miqdor 10-15% ga ko„paytiriladi. 
    Ko„rsatilgan yillik miqdor bir necha muddatlarda ekishdan oldin va o„simliklarning 


    95 
    o„sish davrida oziqlantirishda beriladi. Sug„oriladigan yerlarda ekishdan oldin 30 
    kg/ga azot, 90 kg/ga fosfor va 60 kg/ga kaliy beriladi. Shu bilan bir vaqtda 
    gektariga 10-12 t/ga go„ng solinadi. Ekish davrida o„g„it solinmagan maydonlarda 
    azot, fosfor va kaliy qiska muddat ichida ekishdan keyin yoki maysa hosil 
    qilganda, umuman o„g„itlar fevral oyidan kechiktirilmasdan solinishi kerak. 
    Qolgan o„g„itlarni teng ikkiga bo„lib, ikki marta oziqlantirishda solinadi. Birinchi 
    oziqlantirish ertagi muddatlarda, ya‟ni o„simliklarning tuplanish davrida berilishi 
    kerak. Bu muddat o„simliklarning rivojlanishiga qarab kuzgi-qishki yoki qishki-
    bahorgi muddatlarga to„g„ri kelishi mumkin. Ikkinchi oziqlantirish o„simliklarning 
    nay o„rash davriga to„g„ri keladi. Oziqlantirishdan keyin maydonlarni sug„orish 
    zarur. O„g„itlarning samaradorligini oshirish maqsadida ularni optimal 
    muddatlarda, yuqori sifatli o„tkazish zarur.
    Ekish muddati.
     
    Kuzgi bug„doyni maqbul muddatlarda ekish katta 
    ahamiyatga ega. Kuzgi bug„doyni sug„oriladigan yerlarda lalmi yerlarga nisbatan 
    ertagi muddatlarda ekish kerak. Chunki, bunday yerlar suv bilan ta‟minlangan 
    bo„lib, urug„ ekilgandan so„ng, sug„orish natijasida maysalarni undirib olish 
    mumkin. Ertagi muddatlarda ekilgan bug„doy kuzda maysa hosil qiladi sovuq 
    tushgunga qadar o„simliklar tuplanib ulguradi. Bunday o„simliklar sovuqqa 
    chidamli bo„ladi. Shuning uchun kuzda bug„doyning oktyabr oyida maysalanishi 
    va oktyabr, noyabr oylarining oxirigacha tuplanish va shu rivojlanish davrida 
    qishlashi ko„zda tutilishi kerak.
    Shuni hisobga olgan holda kuzgi bug„doyning ekish uchun qulay muddatlari 
    Shimoliy viloyatlar (Qoraqalpog„iston Respublikasi, Xorazm viloyati) uchun 
    sentyabr oyining birinchi va ikkinchi o„n kunligi, Markaziy viloyatlar uchun 
    sentyabrning so„nggi o„n kuni oktyabr oyining boshlari va Janubiy viloyatlar 
    uchun esa oktyabrning ikkinchi o„n kunligi hisoblanadi.
    Lalmikor yerlarda kuzgi don ekinlar kuzgi yog„ingarchiliklardan keyin, 
    ya‟ni aksariyat viloyatlarda oktyabr oyining ikkinchi yarimlarida ekilishi kerak.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish