2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
G„o„za qator oralariga don ekish. Respublikamizda boshoqli don 
yetishtirish qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining asosiy yo„nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Hozirgi paytda Respublikamizda boshoqli donning asosiy qismi 
g„o„za qator oralariga ekilmoqda. O„zbekiston Qishloq Xo„jaligi Ilmiy-Ishlab 
Chiqarish Markazi, Qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-
tadqiqot instituti olimlari bilan “Agregat zavodi” AJ hamkorlikda g„o„za qator 
oralariga bir yo„la ishlov berish va donni mavjud agrotexnika talablari bo„yicha 


97 
qatorlab ekishni ta‟minlaydigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi.
Kombinatsiyalashgan agregat traktorning old qismiga o„rnatilgan markaziy
o„ng va chap oldingi ramalar va osish mexanizmiga o„rnatilgan orqangi ramadan 
tashkil topgan. Agregatning oldingi ramalariga g„o„za qator oralariga ishlov 
beruvchi ish organlari (bir tomonlama yassi kesuvchi pichoqlar, yumshatuvchi va 
o„q yoysimon panjalar), orqangi ramasiga esa urug„ bunkerlari, g„altakli 
miqdorlagichlar, ularni harakatga keltiruvchi tayanch-uzatmali g„ildiraklar, urug„ 
o„tkazgichlar hamda ekish egatini ochuvchi ish organlari va ekkichlar o„rnatilgan.
Kombinatsiyalashgan agregatni qo„llash natijasida g„o„za qator oralariga bir 
yo„la ishlov berish va donni qatorlab va bir xil chuqurlikka ekish hisobiga 
ko„chatlar to„liq unib chiqadi, urug„lik, yonilg„i sarfi va boshqa harajatlar 
kamayadi hamda hosildorlik ortadi.
13
Shuningdek, donni qatorlab ekib ketadigan kombinatsiyalashgan agregat 
yordamida g„o„za qator oralariga g„alla ekish texnologiyasi ham samarali usul 
hisoblanadi. Bu texnologiya bo„yicha g„o„zapoya qator orasiga g„alla ekiladigan 
maydonlarda paxta 1-2 marta terim mashinalari yordamida terib olingandan so„ng 
g„o„za qator oralari kultivatsiyalar yordamida yumshatiladi. Yumshatilgan qator 
oralariga NRU-0,5 markali osma o„g„it sepgichlar yordamida g„alla urug„i sepiladi, 
so„ngra urug„ kultivator yoki maxsus moslamalar yordamida tuproqqa ko„miladi. 
Bu usulning afzalligi shundan iboratki, g„o„zapoya g„alla maysalarini sovuqdan va 
yotib qolishdan himoya qiladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish