2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
 


129 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Sug„oriladigan yerlarda sulining o„tmishdoshlari? 
2. Kuzgi sulining ekish me‟yori qanday aniqlanadi? 
3. Bahorgi sulini ekish me‟yori qancha bo„ladi? 
4. Bahori sulining ekish me‟yoriga nima ta‟sir ko„rsatadi? 
5. Sulining oziqaga talabi qanday bo„ladi? 
6. Suli uchun o„g„itlar miqdori qanday aniqlanadi? 
7Qaysi rivojlanish davrida qo„shimcha oziqlantiriladi? 
8. Suli qaysi rivojlanish davrida suvni ko„p talab qiladi? 
 
2.7. MAKKAJO„XORI
 
Ahamiyati. Makkajo„xori eng qimmatli, yuqori hosilli don ekini hisoblanib 
oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.
Oziq-ovqat sifatida makkajo„xorining doni ishlatiladi. Uning doni juda ham 
to„yimli hisoblanib, tarkibida o„rtacha 10,6% kletchatka, 1,4% kul moddalari bor. 
Lekin, makkajo„xori donida oqsil miqdori kam bo„ladi. Shu sababli makkajo„xori 
uniga 25-30% bug„doy uni qo„shib non yopiladi.
Makkajo„xori doni tarkibida yog„ moddasi (4,3-5,0%) ko„p bo„lganligi 
uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus mashinalarda ajratib olinib, 
qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo„xorining murtagi tarkibida 25-
40% gacha moy moddasi bo„lib, undan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moy 
tayyorlanadi. Bundan tashqari, makkajo„xori donidan yorma tayyorlanadi, sut-
mum pishish davrida uni qovurilgan (bodroq) va qaynatib pishirilgan xolda oziq-
ovqat sifatida ishlatish mumkin. Shu davrda uning donidan konserva tayyorlash 
ham mumkin. Makkajo„xori ko„p ekiladigan mamlakatlarda (Gruziya, Moldova, 
Ruminiya va boshqa mintaqalarda) u asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi.
Yem-xashak sifatida makkajo„xorining doni va poyasi ishlatiladi. Uning 
doni juda to„yimli (1 kg makkajo„xori doni 1,34 kg ozuqa birligiga ega) hisoblanib, 
uy parrandalariga va mollarga butunligicha yoki yorma holida beriladi.


130 
Makkajo„xorining poyasi mollarga ko„kligicha beriladi, undan xashak 
tayyorlanadi, doni sut-mum pishish davrida o„rilganda esa uning poyasidan yuqori 
sifatli silos tayyorlash mumkin. Makkajo„xori silosining bir kilogrammi 
to„yimliligi jihatidan 0,20-0,25 ozuqa birligiga, so„tasi bilan birga bostirilganda esa 
0,40 ozuqa birligiga teng bo„ladi.
Makkajo„xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan 
kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi, poyasidan esa qog„oz, karton, yog„och 
spirti, sun‟iy kauchuk, sun‟iy smola va boshqa har xil mahsulotlar olinadi. 
Makkajo„xori agrotexnik ahamiyatga ham egadir, u qurg„oqchilikka chidamli va 
chopiqtalab o„simlik bo„lganligi uchun yerda begona o„tlarning kamayishiga olib 
keladi.
Makkajo„xori qor to„sish maqsadida ham ishlatiladi, janubiy mamlakatlarda 
makkajo„xorining tezpishar navlarini ekish natijasida bir yilda ikki marta hosil 
olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birgalikda qo„shib ekish ham 
mumkin.

Download 7.59 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish