2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Biologik xususiyatlari. Suli - mu‟tadil iqlimga talabchan o„simlik, uning 
urug„i 2-3 
0
C da una boshlaydi, ko„karib chiqish va tuplash davrlardagi 15-18 
0

eng qulay harorat hisoblanadi. Yosh niholi -8-9 
0
C sovuqqa chidamli. Suli gullash 
vaqtida -2 
0
C sovuqdan kuchli zararlanadi. Don hosil qilish davrida -4-5 
0

sovuqqa bardoshli. Sulining ildiz sistemasi tez rivojlanishi natijasida bahorgi 
qurg„oqchilikdan bahorgi bug„doy va arpaga qaraganda kam zarar ko„radi. Issiq 
harorat va yozgi qurg„oqchilikka bahorgi bug„doy, arpaga qaraganda suli 
chidamsiz.
Suli namtalab o„simlik, uning po„stli xillari po„stsiz donlilarga nisbatan unib 
chiqish uchun ko„p nam talab etadi. Suli unishi uchun donning og„irligiga nisbatan 
60 foiz namni shimadi (arpada 50 foiz, bug„doydan 45 foiz bo„lgani holda, u 
namga talabchan). Sulining transpiratsiya koeffitsienti 47,4 namga eng talabchan 
davri o„simlikni naychalashidan to ro„vaklanishigacha hisoblanib, ayniqsa, tuproq 
namligi ro„vaklanishdan 10-15 kun oldin yetishmasa, juda ham zararlidir. Bu 
davrdagi qurg„oqchilik hosildorlikning keskin kamayishiga olib keladi. Sulidan 
seryog„in yillari mo„l hosil olinadi. Boshqa g„alla ekinlariga qaraganda suli 
tuproqqa talabchanligi past bo„lib, ildizi 120 sm chuqurlikka va yon tomoniga 80 
sm gacha boradi. Suli o„simligi tuproqdan keyin eruvchan ozuqa eritmalarini 
yaxshi o„zlashtirish xususiyatiga ega. Kuchli sho„rlangan tuproqlarda suli yaxshi 
hosil bermaydi (rasm-9).  
Navlari: O„zbekistonda suli suvli yerlarda don va ko„kat uchun ekiladi. 
«Vizantina-11» navi esa lalmikor yerlarda ekib kelingan. Hozirgi vaqtda sulining 4 
navi O„zbekistonda ekishga rayonlashtirilgan: «Toshkent-1» yarim kuzgi bo„lib, 
sug„oriladigan yerlarda oraliq ekin sifatida kuzda ekib kelinadi; «O„zbekskiy 


127 
shirokolistniy» O„zbekistonning suvli yerlarida bahorda va kuzda ekib kelinadi
«Do„stlik 85» yarim kuzgi bo„lib, Samarqand viloyatining suvli yerlarida oraliq 
ekin sifatida kuzda ekiladi; «Uspex» bu nav Samarqand, Surxondaryo va Toshkent 
viloyatlarining sug„oriladigan yerlarida kuzgi va bahor mavsumda ekiladi.  

Download 7.59 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish