• Urug„ni ekishga tayyorlash
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yerni ekishga tayyorlash. Makkajo„xori ekish uchun yer kuzda shudgor 
    qilinadi. Tuproqning xususiyatiga qarab shudgorlash chuqurligi 28-30 sm va undan 
    ham chuqur bo„lishi mumkin. Ko„p yillik begona o„tlar bosgan dalalarda kuzgi 
    shudgorlashdan so„ng richagli, prujinali borona kultivator yoki chizel yordamida 
    ildiz qoldiqlari yig„ib olinadi.
    Sho„rlangan yerlarda tuproq sho„ri yuviladi. Yer chimqirqar yoki ikki yarusli 
    plug yordamida shudgorlanadi. Erta bahorda tuproqda nam saqlash maqsadida 
    shudgor borona qilinadi. Ekishga qadar shudgorda begona o„tlar paydo bo„lsa, 8-
    10 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, keyin boronalanadi va ketma-ket mola 
    bostiriladi.
    Urug„ni ekishga tayyorlash. Hozirgi vaqtda urug„lik maxsus zavodlarda 
    tayyorlanib, xo„jaliklarga ekish uchun yuboriladi. Lekin, urug„likni har bir 
    xo„jalikda ham tayyorlash mumkin. Bu holda makkajo„xori urug„lari ekish 
    davrigacha so„tada saqlanishi kerak. Saqlash davrida bularning namligi 14-15% 
    dan oshmasligi shart. Ekishga 10-15 kun qolganda so„talar yanchib olinadi. Ekish 
    uchun so„taning o„rta qismidagi donlar ishlatiladi. So„taning ostki va ustki (uch) 
    qismidagi donlari bir xil kattalikda bo„lmaganligi sababli ularning unib chiqish 


    137 
    darajasi past bo„ladi. Shu sababli so„taning ostki va ustki (1,2-2,5 sm) qismida 
    o„rnashgan donlar oldin uqalanib olinib, ekish uchun ishlatilmaydi. So„ngra 
    so„taning qolgan o„rta qismidagi donlar yanchiladi. So„talardan donni yanchib 
    olish uchun qo„lda harakatga keladigan MKR-0,25 markali makkajo„xori 
    molotilkasi ishlatiladi. Yanchilgan don tozalanadi va maxsus mashinalarda yirikligi 
    bo„yicha saralanadi. Buning uchun don tozalaydigan OSM-3, OSM-ZU, OD-YU, 
    VS-2 rusumli mashinalardan foydalaniladi. Ekiladigan urug„ning tozaligi 99,0-
    99,8%, unib chiqish darajasi 85-95% bo„lishi kerak.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish