• Rivojlanish davri.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Oziq moddalarga talabi. Makkajo„xori don uchun ekilganda 1 tonna hosil 
    uchun 24,6 kg azot, 9,9 kg fosfor va 25,5 kg kaliy sarf bo„ladi. Azot yetishmasa 
    boshlang„ich davrda o„sish rivojlanish kechikadi, ro„vagi yaratilishi kechikadi. 
    Azotga maksimal talabi: ro„vaklash davridan 2 xafta oldin va 20 kundan keyin 
    so„talash va don hosil bo„lish davrida. Agar azot yetishmasa barglari sarg„ayadi. 
    O„simlikni fosforga bo„lgan talabi sut-mum pishish davri hisoblanadi. Quruq 
    massaga nisbatan fosfor o„simlikda 0,30-0,35% hisobida bo„ladi. Fosfor yetarli 
    bo„lganda urug„ni tez unib chiqishiga, ildizni yaxshi rivojlanishiga, urug„ning 
    pishishiga hosilni oshishiga, ta‟sir qiladi. Fosfor kam bo„lsa 0,20% (quruq massaga 
    nisbatan) hamma jarayonlarga salbiy ta‟sir qiladi va barg qizil tusga kiradi.
    Kaliy ko„p miqdorda talab qilinadi, urug„ni unib chiqishidan so„talash va 
    ro„vaklashgacha 10-12 kun ichida talab qiladi. Kaliy hamma a‟zolarida, kalsiy 
    bargida va poyasida, oz miqdorda urug„da uchraydi. Magniy urug„da ko„p, boshqa 
    a‟zolarida kam uchraydi.
    Rivojlanish davri. Makkajo„xorida o„sish va rivojlanishning quyidagi davrlari 
    mavjud: maysalanish (rasm-11), nay o„rash, ro„vaklanish, gullash, donni pishishi 
    (rasm-12). Makkajo„xori maqbul muddatlarda ekilganda 8-10 kunda unib chiqadi. 
    U birinchi davrda sekin o„sadi. Poyasi to„pgul hosil qilish davrida o„sishi 
    tezlashadi.


    135 
    Bu vaqtda sutkalik o„sishi 8-10 sm va undan ortiq bo„ladi. Makkajo„xorining 
    naviga qarab urug„ unib chiqqandan so„ng 60-70 kun o„tgach otalik to„pguli va 4-6 
    kundan keyin onalik to„pguli so„ta hosil bo„ladi. Odatda, so„ta ro„vakka nisbatan 
    (otalik gulto„plam) 2-3 kun keyin gullaydi. Makkajo„xori chetdan changlanuvchi 
    o„simlik. Shuning uchun uni sun‟iy ravishda ham changlantirish mumkin. 
    Makkajo„hori urug„langandan so„ng 15-20 kun o„tgach, sut va 22-25 kun o„tgach 
    mum pishish davri boshlanadi va undan 5-10 kun o„tgach don to„la pishib yetiladi.
    Makkajo„xorining o„suv davri uning naviga qarab 90-140 kunni tashkil 
    qiladi. Davrlar oralig„i navni xususiyatlariga qarab ob-havo sharoiti va ishlov 
    berilishiga qarab o„zgarib boradi. Makkajo„xori birinchi davrda sekin o„sadi, lekin 
    ildiz sistemasi o„sishda tezlashadi va rivojlanadi. Gullagandan keyin o„sish 
    to„xtaydi.
    Navlari: O„zbekistonda mahalliy seleksiya navlari, duragaylaridan: Qorasuv 
    350 AMV, Kremnistaya, UzROS, Uzbekskaya Zubovidnaya, O„zbekiston 420 VL, 
    O„zbekiston-601 ESV va xorijdan keltirilgan (Fransiya, Germaniya, Moldaviya, 
    Vengriyadan) navlar va duragaylar ekilmoqda.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish