• Namlikka talabi.
  • Mineral oziqlanish, tuproq va sho„rlanishga bo„lgan munosabati.
  • Navlar
  • Tashqi muhit omillariga munosabati




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Tashqi muhit omillariga munosabati 
    Issiqlikka talabi. Jo„xori kelib chiqishi bo„yicha issiq iqlimga ega bo„lgan 
    mintaqalardan kelib chiqqan, shuning uchun issiqlikka talabi juda yuqori. Jo„xori 
    urug„i tuproq harorati 15 °C bo„lganda jadal o„sib chiqadi. Jo„xorini ekishda 10-12 
    °C da ekish-unib chiqish davri 2 xaftadan ko„proq davom etadi. Urug„ning unib 
    chiqishi uchun past harorat 10-12 °C, lekin o„simtaning yer yuzasiga dala 
    sharoitida o„sib chiqishi uchun 18 °C bo„lishi kerak.
    O„simlik asosan gullash davrida sovuqlikka sezgir, harorat minus 1 °C 
    bo„lsa o„simlik nobud bo„ladi. Jo„xori o„simligining o„sish va rivojlanish uchun 
    maqbul harorat 27-30 °C atrofida bo„lishi kerak. O„simlik ro„vaklash davrining 
    boshlanishida ya‟ni jo„xori yuqori haroratni 40-45 °C yaxshi o„tkazadi. Havo 
    haroratining 50 °C gacha ko„tarilishida jo„xorida qo„ng„ir dog„lar paydo bo„lib 
    to„qimalarning 30%, 55-60 °C da esa 90% to„qimalarning nobud bo„lishi 
    kuzatiladi.
    Namlikka talabi. Yuqori quruqlikka chidamlililik nafaqat ildiz 
    sistemasining quvvati bilan bog„liq balki bargdagi teshikchalar apparatiga ham 
    bog„liq. Jo„xori kun davomida iste‟mol qiladigan suvning 95% ni iste‟mol qiladi. 
    O„simlik yer usti qismining shakllanishini tugatgandan keyin, ro„vaklanish davri 
    boshlanadi. Suvni iste‟mol qilish kunduz kuni kamayadi, kechasi esa gullarning 
    ochilishi tufayli (bunga suv ko„p sarflanadi) talab biroz oshadi. Jo„xori yuqori 
    qurg„oqchilikka chidamli bo„lishiga qaramasdan juda suv rejimini yaxshilashga 
    talabchan.
    Mineral oziqlanish, tuproq va sho„rlanishga bo„lgan munosabati. Jo„xori 
    ekini tuproqqa unchalik talabchan emas va O„zbekiston Respublikasining hamma 
    tuproq tiplarida o„sadi. Ekin juda mineral o„g„itlarga ta‟sirchan. Azotli o„g„itlar 
    eng ko„p ta‟sir ko„rsatadi, ayniqsa amal davridagi sug„orishlar bilan birgalikda.
    Fosfor jo„xorining hosildorligini ko„p oshirmaydi. Azot va fosfor 
    birgalikda berilganda eng ko„p yer usti massasi va ildiz massasi yig„iladi. Jo„xori 
    tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyasini yaxshi o„tkazadi va qimmatbaxo 


    146 
    oziqa ekini, sho„rlangan sharoitda va suv bilan kam ta‟minlangan sharoitlarda - bu 
    ekiladigan yagonadonli ekindir.
    Tuzlarning konsentratsiyasi 0,6-0,8% ni tashkil qilgan tuproqlarda jo„xorini 
    ko„kat uchun ekib dehqonchilik qilish mumkin, don uchun ekilganda esa 0,6% ni 
    tashkil etadi. Odatda yetilgan o„simliklar, rivojlanishi boshlangan o„simliklarga 
    nisbatan sho„rlanishni yaxshi o„tkazadi.
    Navlar: O„zbekistonda Asal-bag, Qandli jo„xori, O„zbekiston pakanasi, 
    O„zbekiston-5, Sanzar, O„zbekiston-18, Shirin-91, Tashkentskoe belozernoe 
    navlari rayonlashtirilgan.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish