2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Ekinni parvarish qilish. Jo„xorini parvarish qilish tuproq qatqalog„iga 
qarshi kurashish, qator oralarini ishlash, yaganalash, oziqlantirish va sug„orishdan 
iborat. Urug„ unib chiqqunga qadar va unib chiqqan davrda guproq qatqalog„ini 
yumshatish va begona o„tlarnn yo„qotish uchun engil borona yoki rotatsion motiga 
bilan ishlanadi.
Jo„xori maysalari dastlabki 30-35 kun ichida juda sekin o„sadi vaqator 
oralarini o„tbosib ketadi. Shuning uchun maysalar to„la paydo bo„lgandan so„ng tez 
orada qator oralarini ishlashva begona o„tlarni yo„qotishga kirishish kerak.


149 
O„sish davrida jo„xori 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. O„simlikda o„rtacha 4-
5 ta barg hosil bo„lganda birinchi kultivatsiya o„tkaziladi, so„ngra yagana qilinadi. 
Uyalar atrofidagi begona o„tlar yulib tashlanadi va hato (bo„sh) uyalarga 
qo„shimcha urug„ ekiladi.
Jo„xorini mollarga ko„kligicha yyedirish yoki pichan qilish uchun yoppasiga 
qalin qilib ekilgan bo„lsa yagana qilinmaydi. Birinchi kultivatsiya qilingandan 10-
15 kun o„tgach, ikkinchi va yana 10-15 kun o„tgach, uchinchi kultivatsiya qilinadi.
Birinchn sug„orishgacha bo„lgan davrda jo„xorining qator oralari 5-6 sm 
chuqurlikda ishlanadi. Keyingi ishlovlarda kultivatorning chetki panjalari yerni 6-8 
sm, o„rtadagi panjalari esa 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladigan qilib o„rnatiladi. 
Bu ishlovlarda 10 sm dan himoya zonasi qoldiriladi.
rasm-11: 1-Jo„xori ro„vaklari 
2-pishish davri 


150 
O„simlik qator oralari g„o„za va makajo„xoriga ishlatiladigan KRN-4,2, 
NKU-4,6, KRX-4, KRN-2,8A rusumli kultivatorlar bilan ishlanadi. Qator oralarini 
ishlashda bir yo„la kultivatorga o„rnatilgan SUZ rusumli o„g„itlagich yordamida 
o„simlik oziqlantiriladi. Begona o„tlar 2,4D gerbitsidi bilan yo„qotiladi.
Jo„xorining kechpishar navlari o„sish davrida 5-6 marta sug„oriladi. Birinchi 
suv maysa paylo bo„lgandan so„ng 25-30 kun o„tgach, beriladi. Keyingi suvlar esa 
har 17-20 kunda berib turiladi. Jo„xorining tez o„sish va ro„vak hosil qilish 
davrlarida suvga talabchanligi ortadi. Shu davrda uni tez-tez sug„orib turish kerak. 
Erta va o„rtapishar navlar amal 3-4 marta sug„oriladi. Sug„orish miqdori ro„vak 
chiqarguncha bo„lgan davrlarda 600-800 m
3
, keyinchalik esa 800-1000 m
3
bo„lishi 
kerak.
Jo„xori ko„kligicha molga yedirish uchun ekilgan bo„lsa, uni o„rib 
olingandan so„ng gektariga 60-90 kg azot berilib, so„ngra sug„oriladi. Buning 
natijasida jo„xorining qayta o„sishi tezlashadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish