• Ekinni parvarish qilish
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Ekish muddati va usullariMakkajo„xori bahorda tuproq harorati 10 
    o
    C ga 
    yyetganda ekiladi. Bundan tashqari uni yozda ekish ham mumkin. O„zbekistonning 
    janubiy viloyatlarida 15-20 martda, Toshkent, Samarqand viloyatlarida hamda 
    Farg„ona vodiysida 20-25 martda, Xorazm viloyati va Qoraqalpog„iston 
    Respublikasida 10 aprelda ekiladi. Umuman, har bir viloyat sharoitida chigitni 
    ekish boshlanguncha makkajo„xori ekishni tamomlash kerak. Makkajo„xori kechki 
    muddatlarda ekilganda, uni hosili ancha pasayadi.
    Makkajo„xori keng qatorlab, qator orasi 60, 70, 90 sm qilib ekilib, uning 
    naviga qarab har 15-20 sm oralig„ida bitta o„simlik qoldiriladi.
    Ertapishar nav va duragaylar ekilganda bir gektar yyerda 70-80 ming 
    o„simlik, o„rtapishar nav va duragaylar ekilganda esa bir gektar yyerda 50-55 ming 
    o„simlik qoldirilishi kerak. Kechpishar navlar (O„zbekiston tishsimon) va 
    duragaylar ekilganda esa bir gektar yyerda 40 ming ko„chat qoldirilishi kerak.
    Har gektar yerga sarf bo„ladigan urug„ning miqdori uning yirikligiga va unib 
    chiqish darajasiga bog„liq. Shu xususiyatlariga qarab urug„ning ekish me‟yori 15-
    20 kg dan 25-30 kg gacha bo„ladi. Urug„ tuproqning 7-10 sm chuqurligiga 
    ko„miladi.
    Ekinni parvarish qilishMakkajo„xorini parvarish qilish tuproq qatqalog„iga 
    qarshi kurash, qator oralarini ishlash, yagonalash, oziqlantirish, sug„orish va 
    urug„lik maydonlarida qo„shimcha changlashdan iborat.
    Urug„ unib chiqish davrida tuproq qatqalog„ini yumshatish va begona 
    o„tlarni yuqotish maqsadida qatorlar ko„ndalangiga qarab engil baronalar bilan 


    138 
    boronalanadi. O„suv davrida makkajo„xori 3 marta kultivatsiya qilinadi. 
    O„simlikda o„rtacha 3-4 ta barg hosil bo„lganda, birinchi kultivatsiya qilinadi, 
    uyalar atrofidagi begona o„tlar chopiq qilinib yo„qotiladi. Birinchi kultivatsiyadan 
    so„ng 10-15 kun o„tgach ikkinchi kultivatsiya qilinadi. Bundan 15-20 kun o„tgach 
    uchinchi marta kultivatsiya qilinadi. O„simliklarning bo„yi 50-60 sm ga yetganda 
    kultivatsiya qilishni tamomlash lozim. Qatorlarni uzunasiga kultivatsiya qilganda 
    14-15 sm himoya zona qoldirish kerak. Birinchi kultivatsiyada qator oralari 6-8 
    sm. Chuqurlikda, keyingi kultivatsiyalarda 10-12 sm chuqurlikda ishlanishi kerak.
    Makkajo„xori qator oralari KRN-4,6, KRX-2,8A rusumli kultivatorlarda 
    ishlanadi. Keyingi yillarda begona o„tlarga qarshi kurashda gerbitsidlardan keng 
    foydalanilmoqda. Buning uchun 2,4D gerbitsidi ishlatiladi. Gerbitsidlar urug„ unib 
    chiqmasdan oldin yoki o„simliklarda o„rtacha 3-5 ta barg hosil bo„lganda 
    ishlatiladi.
    Begona o„tlarni yo„qotishda hozirgi vaqtda ekishdan oldin agelon (4-6 
    kg/ga) atrazin (3-8 kg/ga) treflan (1-2 kg/ga) ishlatiladi. Maysalanish davrida-2,4D 
    amin tuzi 2 kg/ga 2,4D butil efiri (0,4-1,2 l/ga qo„llaniladi, bu gerbitsidlar yaxshi 
    natija bermoqda.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish