2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Yetishtirish texnologiyasi 
Yerni ekishga tayyorlashJavdar va tritikale ekinlari tuproqning unumdorlik 
va meliorativ holatiga bo„lgan talabi arpa hamda sulinikiga o„xshash. Bu ekinlar 
uchun yerni ekishga tayyorlash, o„g„itlash, urug„likni ekishga tayyorlab ekish va 
sug„orish, oziqlantirish, parvarish qilish ishlari boshqa boshoqli g„alla ekinlari 
singaridir. Bu ekinlarning ekish me‟yori bug„doyga qaraganda 10-12 foiz 
ko„proqdir.
Javdar va tritikale O„zbekistonning lalmikor yerlarida ekilmaydi. Javdar va 
tritikale uchun chopiqtalab va o„t ekinlaridan bo„shagan yerlar o„tmishdosh 
bo„lishi, kuzda haydashdan oldin organik va mineral o„g„itlar sochilib, so„ng yer 
sharoitiga qarab 22-30 sm chuqurlikda maydalab haydalishi lozim. Har gektariga 
20-30 tonna go„ng, 300-400 kg ammofos solish samarali. Tuprog„i kuchli 
sho„rlangan yerlarga ekish tavsiya etilmaydi. O„g„itlab haydalgan yer tezda chizel 
kultivator va undan keyin mola bilan tekislab so„ng ekilsa, bir tekis chuqurlikka 
urug„ tushishi va qiyg„os unib chiqishi ta‟minlanadi. Ekish chuqurligi 5-6 sm. 
Gektaridan 50-60 s hosil yetishtirish uchun organik o„g„it bilan birga sof ozuqa 
modda hisobida 180-200 kg/ga azot, 100-160 kg/ga fosfor, 60-70 kg/ga kaliyli 
o„g„itlar qo„llanilishi kerak. Fosforli va kaliyli o„g„itlarning hammasi va azotli 
o„g„itning (25-30 kg) kuzda berilishi, azotli o„g„itning qolgan qismi (155-170 kg) 
bahorda tabaqalashtirilgan holda gektariga 78-85 kg dan o„simlik tuplash davrida 
(fevral-mart) beriladi, ikkinchi marta oziqlantiriladi, o„simlik naychalash davrida 
(mart-aprel) o„tkaziladi. Agar uch marotaba oziqlantirilsa, har galgi azotning 
miqdori 60-67 kg/ga bo„ladi. Bunda uchinchi oziqlantirish o„simlik to„la 
boshoqlanib, gullab bo„lgandan so„ng o„tkazilishi lozim. Agar dukkakli don va 
dukakli o„t ekinlaridan bo„shagan yerga javdar va tritikale ekilsa mineral 
o„g„itlarning miqdori 10-15 foiz kamaytirilishi unumsiz va sho„ri yuvilgan 
yerlarda, aksincha, 15-20 foiz oshirilishi zarur.
Agar uchinchi marotaba oziqlantirishda ammiakli selitra yoki karbamid 
o„g„itlarnning 1:1 nisbatda suvda eritilgan 30 foizli eritmani OVX-28 yoki ON-
400 markali shtangali purkagichlar yordamida sepilganda hosildorlik gektariga 


123 
sezilarli darajada oshishi bilan tarkibidagi oqsil ham ortishi kuzatiladi (don va ko„k 
massa uchun ekilganda ham). Har safar oziqlantirilgandan so„ng sug„orish lozim. 
Sug„orish kuzda ekilgandan so„ng va o„suv davrida kamida 3 marotaba o„tkazilishi 
kerak. Sug„orish miqdori ekilgandan so„ng 1000-1200 m
3
/ga, o„suv davridagilari 
esa 500-800 m
3
/ga hisobida bo„ladi. Bunda tuproq muhiti hisobga olinadi.
Kuzda urug„lik ekilishidan oldin tuzal, derazol, raksil, bayton universal, 80 
foizli devidend yoki vitovaks bilan 1,5-2 kg hisobida 1 tonnasiga ishlov beriladi, 
bu kasalliklarning oldini oladi.
Javdar va tritikale don uchun, ayniqsa, urug„ olish uchun ekilganda begona 
o„tlarga qarshi kimyoviy usulda 48% li bazagran preparatidan gektariga 2-3 litr, 
pardner gektariga 1,5 litr, 75% li granstar - gektariga 20 gramm miqdorida 
sarflanadi. Bundan OVX-28 yoki ON-630 purkagich uskunalarida gektariga 250-
300 litr suv bilan dorilash tavsiya etiladi. Bu ishlar o„simlik to„la tuplanishdan to 
naychalanishi boshlangunga qadar o„tkazilishi lozim, aks xolda kutilgan natijani 
bermaydi.
Suli va arpa ekinlari kabi javdar va tritikale ko„k massa uchun doni sut 
pishish davrida o„rib olinsa, mo„l va sifatli hosil olinadi (sifatli senaj tayyorlanadi). 
Don uchun bu ekinlar texnik pishish bilan boshqa boshoqli don ekinlari singari 
tezda o„rib olinishi lozim.
Javdar va tritikale ekinlari doni bug„doyga qaraganda yirik (uzun) bo„lgani 
uchun o„rish vaqtida kombaynning yanchish apparata tirqishlarini bug„doyni 
o„rishga nisbatan bir oz kattaroq qo„yish zarur. Aks xolda donlari ko„plab 
shikastlanishi, hatto maydalanishi mumkin. Kombaynning bunday sozlanishi 
ayniqsa, urug„lik maydonlarini o„rishda juda ham zarur, chunki ko„p miqdorda 
konditsiyali (sara) urug„i chiqishida urug„ni darz ketishi yoki sinishi, maydalanishi 
mumkin.


124 
rasm-6. Javdar 
rasm-7. Tritikale 

Download 7.59 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish