|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 22/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYAKognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni O‘quv jarayoni hamda
kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
2-bo‘lim. 11 DAN 100 GACHA BO‘LGAN SONLAR.
GEOMETRIK SHAKLLAR
(35 soat)
46-50-mavzular. 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning atalishi. 100 gacha
bo‘lgan sonlarni taqqoslash (5 soat).
51-53-mavzular. 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning o‘nlik tarkibi (3 soat).
54-57-mavzular. Sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘sh ish va ayirish (4 soat).
58-60-mavzular. Hisoblashlarda qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan
foydalanish (3 soat).
61-62-mavzular. Sonlarni qo‘sh ish va ayirish yordamida taqqoslash (2 soat).
63-64-mavzular. Sonni bir necha birlikka oshirish va kamaytirish (2 soat).
65-67-mavzular. Burchak turlari. Ko‘pburchaklar (3 soat).
68-80-mavzular. 21 dan 100 gacha sonlarni o‘qish va yozish. Ularning o‘nlik
tarkibi. O‘nliklar bilan sanash
(
13 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar
keltira oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi,
to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
0 dan 100 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni taqqoslay oladi, tartibga
sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi;
0 dan 100 gacha nomanfiy butun sonlar ketma-ketligini tarkib topish
qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir
nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;
natijasi 100 ichida bo‘lgan nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish
amallarini og‘zaki bajara oladi;
170
sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning
algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida nomanfiy butun sonlar ustida
arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
burchaklarning asosiy turlarini (masalan, to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas burchaklar)
tasavvur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi;
ko‘pburchaklarni (masalan, uchburchak, to‘rtburchak) tasavvur qila oladi,
solishtira oladi va tasvirlay oladi.
|
| |