|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 25/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYAKognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
masalalar yechishda mantiqan to‘g‘ri fikr yurita oladi, mantiqiy noto‘g‘ri
natijalarni aniqlay oladi, misol va qarshi misol tuza oladi;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi.
5-bo‘lim. SONLI IFODALAR. JADVALLAR. GEOMETRIK
SHAKLLAR (33 soat)
126-128-mavzular. Sonli ifodalar (2 amalli) (3 soat).
129-131-mavzular. Tarkibli masalalar (3 soat).
132-134-mavzular. Qismlardan butunni, butundan bo‘laklarni hosil qilish (3
soat).
135-136-mavzular. Jadval. Sodda jadvallarni o‘qish (2 soat).
137-138-mavzular. Berilgan ma’lumotlar asosida jadval to‘ldirish (2 soat).
139-146-mavzular. 100 dan bir va ikki xonali sonni ayirish. Uchinchi
qo‘shiluvchini topish (8 soat).
147-148-mavzular. Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish (2 soat).
149-151-mavzular. Mantiqiy tushunchalar: “barchasi”, “ayrimlari”, “...dan
tashqari barchasi”, “har qanday”, “ixtiyoriy”, “......lardan biri”, “barchasidan biri”
va ularning ma’nolari (3 soat).
152-154-mavzular. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. Uzunlik va
masofalarni o‘lchash va chamalash (3 soat).
155-156-mavzular. Turli shakllar yasash. Bo‘laklardan shakllar hosil qilish
(2 soat).
157-158-mavzular. Qiziqarli masalalar yechish (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar
keltira oladi;
2 arifmetik amalli (qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
173
o‘lchamlari ma’lum bo‘lgan yassi geometrik figuralarni (kesma, to‘g‘ri
to‘rtburchak, kvadrat) chizg‘ichdan foydalanib yasay oladi, ularni qog‘oz, sim,
plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
geometrik obyektlar o‘lchamlarini, masofalarni chamalay oladi;
murakkab bo‘lmagan jadvallar ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni o‘qiy
oladi;
murakkab bo‘lmagan tayyor jadvallarni to‘ldira oladi.
|
| |