|
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
|
bet | 27/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYAO‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay
olish va qismlarga ajrata olish;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni
topa olish, ularni tuzata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun
oson ko‘rinishda taqdim eta olish;
kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;
o‘qish va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish.
A1+
masala yechish orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy
estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila
olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi
to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish.
A1+
matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni
hal qilish vositasi ekanligini tushunish
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
jamoat joylaridagi odob-axloq qoidalari va an’analarni o‘zlashtirish.
sodda kundalik hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana
olish.
A1+
sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali
ekanligini tushuna olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan va tayyor
kompyuter dasturlaridan foydalana olish;
o‘rganilgan
matematik
usullardan
kundalik
vaziyatlarda
mehnatni
yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, qulay shart-sharoitga olib kelish
maqsadida foydalana olish.
175
A1+
o‘rganilgan
matematik
usullardan
kundalik
vaziyatlarda
mehnatni
yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, qulay shart-sharoitga olib kelish
maqsadida samarali foydalana olish.
|
| |