2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Asosiy qism. Katta yoshli shaxs muhim hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘ladi. Kattalar ta’limi 
muassasasiga kelgan kishi bilim, talablar, ma’lumot beriladigan obyekt sifatida emas, balki fikrdoshlar 
komandasining a’zosi, teng huquqli subyekti sifatida kirib keladi. U o‘zi uchun kerakli va dolzarb 
mavzularni aniq bilgani holda ularni qanday o‘rganish yo‘llarini ham to‘g’ri belgilay oladi. O‘zi uchun 
kerakli masalalar bo‘yicha ilg’or tajribalarni o‘rganishga harakat qiladi. 
Kattalarning ta’limida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, rivojlanishlarga nisbatan o‘zlarida 
mavjud bo‘lgan ma’lumotlarini mustahkamlash, to‘ldirishga bo‘lgan ehtiyojlari mavjud bo‘lib, bu ehtiyojlar 
insoniyat ehtiyojlarining asosi hisoblanadi va ko‘p jihatdan kattalar xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilab 
beradi. 
Kattalarning doimiy ravishda o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini yangilab borish zaruriyatini anglab 
yetishlari va shu ehtiyojning vujudga kelishi kattalar ta’limida muhim hisoblanadi.
Kattalar hayotida muammolarning yuzaga kelishi ulardan qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirishlarini talab etishi, ma’lum bir yoshdagi odam o‘zining ma’lumotlar bazasi va doirasiga egaligi, 
yoshidan qat’iy nazar, insonning ta’lim olishga nisbatan qobiliyatining mavjudligi kattalar ta’limining o‘ziga 
xos xususiyatlaridir.
 
Katta yoshdagi insonlarning ta’lim olishi yuzasidan psixologik xususiyatlari: 
• o‘qiyotgan narsasining ma’nosini to‘liq anglab olish ehtiyoji; 
• mustaqil bo‘lish ehtiyoji; 
• bilimlarni egallashga nisbatan yetilgan zaruriyatning mavjudligi; 
• o‘z shaxsiy darajasi va mavqeini oshirishga harakatning mavjudligi; 
• egallagan bilimlarini amaliy yo‘naltira olish malakalarining mavjudligi. 
Taraqqiyotning turli davrlarida shaxsning psixik funksiyalari notekis rivojlanadi. Masalan, ma’lum bir 
davrlarda xotira (18-21 yosh) jadal rivojlansa, boshqa davrlarda tafakkur (22-25 yosh) jadal rivojlanadi. 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish