2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Muhokamalar va natijalar. Barchamizga ma’lumki, SSSR parchalanganidan soʻng suverenitetni 
qoʻlga kiritgan koʻplab davlatlar, jumladan, mamlakatimiz ham dastlab ogʻir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan 
edi va bu tibbiyot bilim yurtlari xodimlariga ham oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Kadrlar almashinuvi, kasbning 
jozibadorligining pasayishi va klinik olim boʻlishga ishtiyoqning yoʻqligi, birinchi navbatda, oliy oʻquv 
yurtlarida, shu jumladan, tibbiyotda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga oʻz ta’sirini koʻrsatdi. 
Yuqoridagi holatlar professor-oʻqituvchilar malakasining pasayishi, uchyakdillikning zaiflashishiga 
olib keldi. Faqatgina tibbiy ta’lim muassasalarida kuchli kasbiy tayyorgarlikka, ilmiy maktabga va nufuzga 
ega boʻlganlargina oʻqituvchi-olim-klinisist sifatida oldingi mavqelarini saqlab qolishga muvaffaq boʻldilar.
Mamlakatning barqaror rivojlanishi, chegaralarning ochiqligi, jahon tibbiyot makoniga tobora 
kuchayib borayotgan integratsiya klinikalarning Gʻarb standartlari boʻyicha kuchli jihozlanishiga, yangi 
kasalxonalarning qurilishi va ishga tushirilishiga, sogʻliqni saqlash tizimini tartibga solishning samarali 
boshqaruv tizimlarining joriy etilishiga olib keldi. Tibbiy yordam sifati, tibbiy xizmatlarning tarif-ta’lim 
darajasi va klinik texnologiyalar darajasini aniqlash va xodimlarning unga muvofiqligi tibbiyot 
muassasalarining yanada jadal rivojlanishiga imkon berdi. Endilikda shifoxona va poliklinika shifokorlari 
ilgʻor texnologiyalarni egallash maqsadida xorijda oʻqish imkoniyatga ega boʻlishlari mumkin [9]. 
Bir soʻz bilan aytganda, bugungi kunda uchyakdillikka ega boʻlgan ilmiy-pedagogik kadrlarning 
malakasi nafaqat kuchli zamonaviy nazariy va ilmiy tayyorgarlikka, balki unga qanday klinik sharoitlar 
yaratilganiga, oʻqituvchi-olimning buni qanday amalga oshirishiga bevosita bogʻliqdir. Chunki ish 
beruvchining talablari ham yildan-yilga ortib bormoqda. Ilmiy-pedagogik kadrlarda uchyakdillikni 
rivojlantirish uchun integratsiyalashgan akademik tibbiyot markazlarini va undan ham yaxshiroq universitet 
klinikalarini yaratish kabi muhim vazifani hal qilish kerak.
 
Buyuk Britaniyada deyarli barcha tibbiyot oʻquv yurtlari oʻz universitet klinikalari yoki shifoxonalari 
mavjud boʻlishiga qaramay, toʻgʻri tashkil etilishida muammolarga duch keladi. Misol uchun , 2000-
yillarning boshlarida Buyuk Britaniya inqirozdan soʻng, shifokorlar olimlari, hukumat, sanoat, tibbiy 
tadqiqot xayriya tashkilotlari va universitetlar bemorlarning manfaati uchun Milliy sogʻliqni saqlash 
xizmatida (NHS) klinik tadqiqotlar va innovatsiyalarni kuchaytirish zarurligini tan oldilar. 
Bunga erishish uchun oʻsha paytdagi Wellcome Trust direktori Mark Uolport raisligidagi keng 
manfaatdor tomonlar guruhi Buyuk Britaniyada tibbiy koʻnikmalarni modernizatsiya qilishga kirishdi va 
hukumat Sogʻliqni saqlash tadqiqotlari milliy institutini (NIHR) yaratdi. Ushbu dasturning bir qismi sifatida 
Oksfordning akademik va tibbiy hamkorlari Oksford Universiteti Klinik Akademik Oliy maktabini 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish