|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Ключевые слова: преподаватель-врач-клиницист, частная клиника, современная система,
качество медицинского обслуживания, квалифицированный персонал.
The article reveals the content of the ongoing reforms in the field of medicine in our country. The
results achieved in the implementation of measures to reform the health care system in the country have been
studied. The foreign experience in training qualified personnel is analyzed. Special attention is paid to the
factors of enhancing the interaction of the teacher-doctor-clinician, as well as the content of the normative
documents governing medical education.
Key words. Teacher-clinician, private clinic, modern system, quality of medical care, qualified staff.
Kirish. Ma’lumki, mustaqillik yillarida respublikamizda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish chora-
tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish
borasida muayyan natijalarga erishildi [1, 6]. Davlatimiz rahbari 2017-yil 12-dekabr kuni tibbiyot sohasidagi
dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakatimizda 11 mingdan ziyod shifokor
yetishmayotgani, shu sababli tibbiyot muassasalari aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsata olmayotganini
tanqid qilgandi. Sir emas, hududlarda tibbiy kadrlar yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammolar ham juda
koʻp kuzatildi. Joylarga chiqib mavjud holat oʻrganilganda, sogʻliqni saqlash sohasining birlamchi tizimida
kadrlar ta’minotida nomutanosibliklar borligi ayon boʻldi. Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvar kuni
Parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida [7] ham sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy
xizmat sifatini oshirish masalalari diqqat markazida boʻldi. Ayniqsa, shifokorlarning jamiyatdagi oʻrni va
maqomini kuchaytirish, mavqeini mustahkamlash, ularga hurmat-izzat koʻrsatish, munosib mehnat sharoitini
yaratish va ish haqlarini oshirish, moddiy-ma’naviy ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
koʻrishilishi, shu jumladan, gematologiya, virusologiya, immunologiya sohalari, dori-darmon va tibbiyot
texnikasi uchun ajratiladigan mablagʻlarni koʻpaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Asosiy qism. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga koʻra, universitet professor-oʻqituvchilari oʻrtasida
“uchyakdillik”ni rivojlantirish hamma davrlarda dolzarb boʻlib kelgan. Bu tushunchani Yevropa
mamlakatlari, AQSh va MDH ba’zi respublikalarining sogʻliqni saqlash tizimida uchratish mumkin.
Tibbiyot tarixidan ma’lumki, Gʻarbda uchyakdillikning yorqin namunasi shifokor-olim-oʻqituvchi
V.Osler edi. 1800-yillarning oxirida Kanada va Qoʻshma Shtatlarda zamonaviy nozik ta’limning kashshofi
boʻlgan Osler 1905-yilda Oksford universitetida qirollik tibbiyot professori etib tayinlangan edi. U Xopkins
universitetidan Oksfordga kelgach, Angliyadagi universitetlarda tadqiqot va klinikagacha boʻlgan tibbiy
ta’lim klinik amaliyot va shifoxonalarda diplomdan keyingi ta’limdan ajratilganligini aniqladi [8].
V.Osler tibbiy ta’lim sohasi va bemorlarni parvarish qilishda kelajakdagi yutuqlar tadqiqotlar asosida
kelib chiqishini ishonch bilan ta’kidlab, u ingliz tibbiyot muassasasini universitet professori homiyligida
tibbiy ta’lim va bemorlarni parvarish qilish boʻyicha tadqiqotlarni birlashtirishga chaqirdi. Uningcha
“professorning uchta vazifasi bor: bemorlarga yaxshi gʻamxoʻrlik qilish, kasalliklarni oʻrganish, talabalar va
hamshiralarga dars berish”. Ta’kidlashicha, buyuk ilmiy kashfiyotlar “bilimning oʻzi uchun bilimga intilish”
https://buxdu.uz
|
| |