“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
60 
- oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini bosqichma-bosqich 
shakllantirishga e’tibor qaratish kabilar.
Oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirish jarayoni 
didaktik nuqtayi nazardan bir qadar murakkab mikrotizim hisoblanadi. Biz oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini 
baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan didaktik mikrotizimda oʻquvchi hamda 
oʻqituvchi faoliyatini yagona maqsadga yoʻnaltirishga intildik.
Bu tizimda oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash jarayonini tashkil 
etganda ularga koʻproq mustaqillik berishi kerak. Oʻquvchilar oʻz faoliyatlarini mustaqil tarzda muntazam 
tahlil qilishga odatlantirilishlari lozim. Oʻqituvchi shu maqsadda har bir darsda ma’lum miqdorda vaqt 
ajratishi talab etiladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarni har doim oʻzlari oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarini tahlil 
qilishga odatlantirishi zarur.
Oʻquvchilarga turli mazmundagi baholash va tashxislash vazifalarini bajartirish maqsadga muvofiqdir. 
Bunday masalalar oʻquvchilar tajribasida keng qoʻllaniladigan holatlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim. Masalan, 
oʻquvchilar bilan oʻqituvchi, ayni bir oʻquvchi bilan sinfdoshlari orasidagi munosabat bilan bogʻliq 
topshiriqlar alohida ahamiyatga ega. Bunday masalalarni yechish jarayonida oʻquvchilar hukm chiqaradilar, 
umumiy yondashuvlarni izlaydilar, muammoning qulay yechimini topishga harakat qiladilar. Bunday 
masalalar integral xarakterga egadir. Baholash va tashxislash koʻnikmalari tizimi oʻquvchilarda quyidagicha 
namoyon boʻladi: 
1. “Vaziyatlar, vazifalar bilan bogʻliq holda qanday harakatni amalga oshiramiz va qaysi oʻquv 
predmeti tarkibida?” degan savolga javob topish. Masalan, ona tili darslarida gap tuzishga oid mashqlar 
bajarish; oʻqish darslarida ifodali oʻqish; tabiat darslarida Oʻzbekistonning suv havzalari haqidagi 
ma’lumotlarni oʻzlashtirish kabi.
2. Narsa-buyumlarning belgilarini farqlash koʻnikmasi. Bu koʻnikma yordamida topshiriqlarning 
toʻgʻri yoki notoʻgʻri bajarilganligini aniqlash mumkin. Masalan, barglar bahor va yozda yam-yashil, kuzda 
sariq tusga kirishi; olmaning qizil, koʻk, sariq ranglarda boʻlishi; quyosh haroratining oʻtkirligi; tuxumning 
ovalsimon, olchaning dum-dumaloqligi va hokazo.
3. Oʻquvchilarning oʻz kamchiliklarini topa olish koʻnikmasi. Masalan, men kitobni yaxshi saqlay 
olmadim, yirtib qoʻydim; Akram partada toʻgʻri oʻtira olmaydi; u sanashda va raqamlarni toʻgʻri yozishda 
xato qildi; men uy vazifasini notoʻgʻri bajardim, chunki uni tushunmadim, buning sababi darsda partadoshim 
bilan gaplashib oʻtirganimda.
4. Xato yoʻl qoʻyilgan nuqtani topish. Masalan, men uchinchi misolni notoʻgʻri yechdim; ikkinchi 
gapda tinish belgisini qoʻymadim; yozuv daftarimdagi boʻsh katakchalarni toʻldira olmadim; daraxt 
yaproqlarini notoʻgʻri boʻyadim tarzida.
5. Nima uchun xatoga yoʻl qoʻyganligining sabablarini aniqlash. Masalan, karra jadvalni 
bilmaganligim uchun men yechgan misolning javobi notoʻgʻri chiqdi; imlo qoidalarini yodlamaganim tufayli 
diktant yozganda xatolarga yoʻl qoʻydim; Oʻzbekiston xaritasini yaxshi bilmaganligim uchun bu hududdagi 
daryolarni koʻrsatib bera olmadim;
6. Oʻz xatolarini tuzata olish koʻnikmasi. Ushbu koʻnikmani shakllantirish va mustahkamlash uchun 
oʻqituvchi oʻquvchilarga ularning yozma ishlarini tarqatib, xatolarini topish va tuzatishlari haqida koʻrsatma 
berishi kerak. Oʻz xatolarini toʻgʻri topib, tuzata olgan oʻquvchilarni oʻz vaqtida ragʻbatlantirib borish 
maqsadga muvofiqdir.
7. Tuzatilgan xatolarni tekshirish koʻnikmasi. Ushbu koʻnikmani shakllantirish va mustahkamlashda 
oʻquvchilarga oʻrtoqlarining ishlari tarqatilib, ularning xatolarini qanday tuzatganliklarini aniqlash haqida 
vazifa beriladi. Bu koʻnikma oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini oʻzaro 
bogʻlash, rivojlantirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda ushbu koʻnikma yuqoridagi barcha 
koʻnikmalarni integral tarzda oʻzida mujassamlashtiradi hamda tashxislash faoliyatining asosini tashkil etadi.
Oʻquvchilarda baholash va tashxislash koʻnikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirib borish 
jarayonida amaliy mashqlardan unumli foydalanish lozim. Oʻquvchilarda baholash va tashxislash 
koʻnikmalarini shakllantirish uchun oʻqituvchi amaliy mashqlar toʻplamini ishlab chiqishi kerak. Bunday 
mashqlarni tanlashda sinfdagi oʻquvchilarning bilim darajasi, dunyoqarashi, intiluvchanligi, tanqidiy nuqtayi 
nazarining shakllanganlik darajasini alohida hisobga olish talab etiladi.
Oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini qay darajada 
egallaganliklarini hisobga olgan holda turli mashqlar, masalalar, topshiriqlar hamda didaktik oʻyinlarni 
taqdim etish mumkin. Oʻquvchilarining oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarining 
egallaganlik darajasini aniqlashda kuzatish, savol-javob, nazorat ishlari, nazorat ishlarini oʻzaro tekshirtirish, 
anketa kabi metodlardan foydalanish lozim. Bunday mashqlar jumlasiga: 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish