2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Asosiy qism. Oʻquvchini shaxs sifatida shakllantirish muammosining markazida ularda oʻz faoliyatini 
baholash va tashxis qilish koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish masalasi turadi. Oʻz faoliyatini 
baholash koʻnikmasi bu oʻzini anglashni rivojlantirishning asosiy komponenti hisoblanadi. Ya’ni oʻquvchi 
oʻzining jismoniy kuchi, aqliy imkoniyatlari, kundalik xatti-harakatidagi asosiy maqsad, atrofdagi odamlar 
va narsalarga munosabatini anglaydi. 
Baho – ham falsafiy ham pedagogik tushuncha boʻlib, insonning faoliyatiga, xulqiga boʻlgan 
munosabat, ularning ahamiyatini, mauyyan axloq me’yorlari va tamoyillariga mosligini koʻrsatish demakdir. 
Biz koʻrib chiqayotgan muammo doirasida oʻquvchining oʻz foliyatini baholashi uning egallagan bilimlari
koʻnikmalari, shaxsiy sifatlari va xatti-harakatiga boʻlgan munosabati ifodasidir.
Tashxislash esa arabcha soʻz boʻlib, shaxslantirish ma’nosini bildiradi.
Oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini izchil shakllantirishda 
subyekt-subekt munosabatlariga asoslangan oʻqituvchi hamda oʻquvchilar hamkorligi nihoyatda zarurdir.
Oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishda oʻqituvchi 
hamda oʻquvchi hamkorligi quyidagilardan iborat: 
oʻqituvchi koʻrsatadigan ta’sir (texnologiyalar, metodlar, vositalar va boshqalar); 
oʻquvchilar tomonidan amalga oshiriladigan teskari aloqa; 
baholash va tashxislash koʻnikmalarining shakllanishi jarayonida oʻquvchilar amalga oshiradigan 
harakatlarning yoʻnalishi; 
baholash va tashxislash koʻnikmalarining shakllanish bosqichlari. 
Oʻquvchi oʻz faoliyatini baholash va tashxislash davomida oʻquv-biluv jarayonining suyekti sifatida 
namoyon boʻladi. Oʻqituvchilarga oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini 
tizimli tarzda shakllantirish imkonini beradi. 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish