, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
59 
Muammoli vaziyatlar hosil qilishdan koʻzda tutiladigan asosiy maqsad oʻquvchi oldiga qoʻyilgan 
muammoni ular tomonidan qanday hal qilinganligini baholash va tashxislashdan iborat. Shu yoʻl bilan 
oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarini qoʻyilgan muammoning yechimi qay darajada toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini 
baholash va tashxislashga oʻrgatadi. Oʻzi yoki sinfdoshinging faoliyatini baholay hamda tashxislay olgan 
oʻquvchilarda bunday koʻnikmalar jadal rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Ularda sinchkovlik, sezgirlik, 
kuzatuvchanlik qaror topadi.
Oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirish uchun ularda 
ruhiy-hissiy holat barqaror boʻlishi kerak. Buning uchun oʻqituvchi oʻquvchining oʻzi yoki oʻrtogʻining 
faoliyatiga bergan toʻgʻri bahosini muntazam taqdirlab borishi lozim. Ayniqsa, oʻquvchilarni tinchlantiruvchi 
mashqlarni bajartirish natijasida ular orasida vujudga kelgan tarang vaziyat bartaraf etiladi. Xotirjam harakat 
qilayotgan oʻquvchi oʻzi va oʻrtoqlarining faolyaitini bir qadar toʻgʻri baholay va aniq tashxislay oladi. 
Baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishda oʻquvchilar oʻzaro bir-birlarining yutuq va 
kamchiliklarini koʻra olishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun oʻquvchilar orasida oʻzaro ishonch va 
bir-birini tushunish vaziyatini yaratish talab etiladi. Oʻquvchi oʻzi yoki oʻrtogʻining faoliyatini 
baholayotganida yoki tashxis qoʻyayotganida oʻqituvchi tomonidan pedagogik qoʻllab-quvvatlovga ega 
ekanligini his etib turishi lozim. 
Oʻqituvchi oʻquvchilarning oʻz xatolarini aniqlashga oʻrgatib borish jarayonida ularni kamchiliklarga 
yoʻl qoʻyishdan qoʻrqmaslikka odatlantirishi zarur. Chunki oʻquvchida xato qilishdan choʻchish kayfiyati 
mavjud boʻlsa, u oʻzi va oʻrtoqlarining kamchiliklarini topa olmaydi. Murakkab masalalarni yechish, ijodiy 
faoliyat koʻrsatish imkoniyatlarini cheklaydi. Murakkabliklardan choʻchish hissini hosil qiladi. Oʻqituvchi 
oʻquvchi faoliyatini baholashda dastlab uning ijobiy tomonlarini koʻrsatib oʻtishi, keyin yoʻl qoʻygan 
kamchiligi haqida xabardor qilishi kerak. Uning yutuqlarini bir qadar boʻrttirib, olqishlab, boshqa 
oʻquvchilarga namuna qilib koʻrsatish alohida ahamiyatga ega.
Oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishda ular yoʻl 
qoʻyadigan kamchiliklar doirasini aniqlash dolzarb masalalardan biridir.
Bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchi xato qilishi muqarrar. Biroq oʻqituvchi u yoʻl qoʻygan 
kamchiliklarni dalillar bilan isbotlab berishi lozim.

Download 6,23 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish