|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokama va natijalar. Agar oʻquvchi oʻz xatosini oʻzi topib tuzatsa, uni dastlabki vaqtlarda
alohida taqdirlash lozim. Bunday hollarda oʻquvchining bahosini pasaytirish tavsiya etilmaydi.
Baholash va tashxislash jarayonining dastlabki bosqichini quyidagilar bilan belgilash mumkin:
a) oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash uchun yangi mayllarning hosil boʻlishi va
barqarorlashuvi;
b) oʻquvchilarga berilgan topshiriqlarning bajarilish natijasini baholash uchun baholash va tashxislash
koʻnikmalarini qoʻllash;
d) oʻquvchilar oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini qoʻllashlari uchun ehtiyojning
vujudga kelishi;
e) baholash, tashxislash, oʻz-oʻzini baholash, oʻz-oʻzini tashxislash koʻnikmalarining shaxsiy hamda
ijtimoiy mohiyatini anglash;
f) oʻquv jarayonining teng huquqli subekti sifatida oʻqituvchi bilan hamkorlikka kirishish kabilar.
Oʻquv jarayonining asosiy maqsadlaridan biri oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va
tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun bir qator
pedagogik vazifalarni hal etish kerak. Ular quyidagilar:
- oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash sohasida barqarorlashgan mayllarni
mustahkamlash;
- oʻquvchilarga oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash faoliyatini anglash usullarini oʻrgatish;
- oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash yoʻli bilan oʻzining oʻzligini qaror toptirish,
takomillashtirish, tatbiq etish holatini vujudga keltirish.
Bunday vazifalarni hal qilish uchun barqaror, ilmiy jihatdan asoslangan didaktik shart-sharoitlarni
vujudga keltirish kerak. Bu shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
- oʻquvchi bilan oʻqituvchining hamkorligiga asoslangan subyekt-subyekt darajasidagi oʻquv-biluv
faoliyatini tashkil etish;
- baholash va tashxislash tizimining tarkibiy qismlarini topish uchun jamoaviy izlanishlar oʻtkazish.
Bu jarayonda baholash va tashxislash koʻnikmalarining tarkibi bir xil qolipda emas, balki oʻziga xos boʻladi.
Bunda izlanish guruhi a’zolarining yosh xususiyatlari, oʻziga xosligi hamda oʻquv jarayonining pedagogik-
psixologik xususiyatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi;
- baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv topshiriqlari tizimini
aniqlash;
https://buxdu.uz
|
| |