|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
58
Oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishga
yoʻnaltirilgan jarayon quyidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilishi kerak:
a) oʻquvchining oʻqish, oʻrganishga boʻlgan ijobiy munosabati bilan oʻzini oʻquv jarayonining
subyekti sifatidagi oʻrnini yetarli tushunmasligi, shuningdek, ta’lim jarayonini baholash va tashxislash
yoʻllarini bilmasligi;
b) oʻquvchilarning baholash va tashxislash faoliyatlarining zarurligini toʻla anglashi va ushbu
faoliyatni amalga oshirish uchun koʻnikmalarning yetarli emasligi;
d) oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarining shakllanganligi va uni
qoʻllash uchun tajribaning yetishmasligi orasidagi qarama-qarshiliklarni oʻqituvchi oʻz vaqtida bartaraf etishi
maqsadga muvofiqdir.
Koʻrsatib oʻtilgan birinchi ziddiyatni oʻquvchilarda baholash va tashxislash koʻnikmalarini
shakllantirishning dastlabki bosqichidayoq baratarf etish mumkin. Chunki birinchi bosqichning asosiy
maqsadi oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislashning maqsadi va mazmuni haqida tasavvur
hosil qilishdan iboratdir.
Mazkur yoʻnalishning vazifalari bilan bogʻliq holda quyidagilarni aniqlash lozim:
- oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash zarurligi haqidagi tushunchalarini
kengaytirish;
- oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash jarayonining zarurligini tushunishga mayl
uygʻotish;
- kichik maktab yoshidagi oʻquvchining hissiy holatini hisobga olgan holda uni oʻz faoliyatini
baholash va tashxislashga yoʻnaltirish;
- oʻquvchi shaxsining oʻzini anglashi, bilim, koʻnikma, malakalarini tatbiq eta olishi va oʻz faoliyatini
takomillashtirishi uchun qulay pedagogik vaziyat yaratish kabilar.
Oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirish uchun dastlab
qulay pedagogik vaziyat vujudga keltirilishi kerak. Bu jarayonda oʻquvchining qiziqishlari, mayllari, oʻziga
xosligi hamda mavjud tajribasi hisobga olinishi lozim.
Mazkur pedagogik vaziyat quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi kerak:
- oʻquvchining ruhiy-hissiy holatini faollashtirish;
- oʻquvchining oʻz faoliyatini baholash va tashxislash jarayoni haqidagi bilimlarini kengaytirish;
- oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash va tashxislash koʻnikmalarining hosil boʻlishiga imkoniyat
yaratish;
- oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash va tashxislash uchun sezgirlik va mayl uygʻotish kabilar.
Oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishda quyidagi
holatlar alohida ahamiyatga ega:
- oʻquvchining turli oʻquv vaziyatlarini tahlil qilishda baholash va tashxislash koʻnikmalarini
shakllantirishning mohiyati;
- oʻquvchi uchun qiziqarli, maroqli boʻlgan misollar va dalillarning darsliklarda oʻqituvchi tomonidan
bayon qilinishi;
- oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishda muammoli
vaziyatlarni vujudga keltirish muhim didaktik ahamiyat kasb etishi;
- oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirishning ijtimoiy va
shaxsiy ahamiyatlilik darajasini ochib berish pedagogika fanining muhim vazifalaridandir.
Barcha vositalar quyidagi vaziyatldarda oʻzaro oʻxshashdir. Agar muayyan pedagogik vaziyatda
oʻquvchilarning oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalari ularda oʻquv jarayoniga ichki
munosabatlarni aniqlasa, shakllantirsa va oʻzgartira olsa, bunday vaziyatda barcha vositalar oʻzaro mos
keladi. Bunda hayotiy vaziyatlarning tahlilini oʻquv vaziyati bilan bogʻliq holda amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Bunday vaziyatlar jumlasiga tabiatni asrash, oʻsimliklar va qushlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish,
atrof-muhit tozaligiga rioya qilish, uy, maktab hamda jamoat joylaridlagi jihozlarga ehtiyotkorona
munosabatda boʻlish kabilarni koʻrsatib oʻtish mumkin. Chunonchi, uyda stollar, xona devorlari, maktabda
esa partalarg chizish mumkin emas. “Siz bunday oʻquvchilarning harakatini qanday baholaysiz?”, “Oʻzingiz
oʻsimliklar, qushlar, uy va maktab jihozlariga nisbatan qanday munosabatda boʻlasiz?”, “Atrof-muhitni iflos
qilayotgan tengdoshlaringizga nisbatan qanday munosabatda boʻlasiz?” va h.k.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning mazkur savollarga bergan javoblarini tahlil qilish asosida ularda oʻzlari va
tengdoshlari faoliyatlarini baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirib boradi. Bu oʻrinda
hissiyotlarga berilgan oʻquvchilarning kamchiliklarini asta-sekin oʻzlariga tushuntirib, baratarf etishga
harakat qilishi lozim. Bunday pedagogik harakat birinchi navbatda oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash
va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirib, mustahkamlab borishga qaratiladi.
https://buxdu.uz
|
| |