“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
54
muloqotga moyillik darajasi yetarli, ammo ularda oʻzini kamsitishga moyillik boʻlmasa-da, lekin bir muncha
yuqori darajadagi tez xafa boʻlish, ta’sirchanlikning borligi salbiy korrelyatsiyaga sabab boʻlgan boʻlishi
mumkin. Bu esa ularning kasbiy faoliyatda muloqotga moyillikda oʻziga boʻlgan ishonchini yanada
yuqoriroq kamol toptirishga zarurat tugʻdiradi.
“Muloqotga moyillik” omili “hissiy barqarorlik - beqarorlik”, “hukmronlikka intilish - tobelik”,
“ijtimoiy yetuklik, onglilik”, “ijtimoiy mardlik (dadillik - tortinchoqlik”, “ishonuvchanlik – shubhalanish”,
“mustaqillik – tobelik”, “oʻzini nazorat qilish”, “qoʻzgʻaluvchanlik, zoʻriqish - boʻshashish
” faktorlari bilan
ijobiy korrelyatsiga ega.
Korrelyatsiya tahlil bilan bogʻliq emperik koʻrsatkichlarda koʻpincha ijobiy munosabatlarga koʻproq
urgʻu berilib, ularning sabablari tahlil qilinadi. Tadqiqotdagi olingan emperik koʻrsatkichlar boʻyicha
korrelyatsiyaning oʻziga xos koʻrinish olganligi ijobiy korrelyatsiyadan koʻra salbiy bogʻliqliklarning
talqiniga e’tibor qaratishga undamoqda. Shuning uchun faktorlar tahlilida “muloqotga moyillik” omilidan
tashqari ham barcha omillar “
oʻziga ishonch-ishonmaslik” bilan salbiy korrelyatsiya hosil qilgan: “hissiy
barqarorlik - beqarorlik”
(rq-0,326; r≤0,01) , “hukmronlikka intilish - tobelik”
(rq-0,434; r≤0,01), “ijtimoiy
yetuklik, onglilik”
(rq-0,425; r≤0,01), “ijtimoiy mardlik (dadillik-tortinchoqlik”
(rq-0,602; r≤0,01),
“ishonuvchanlik – shubhalanish”
(rq-0,439; r≤0,01), “oʻziga ishonch – ishonmaslik”
(rq-0,431; r≤0,01),
“mustaqillik – tobelik”
(rq-0,431; r≤0,01), “oʻzini nazorat qilish”
(rq-0,467; r≤0,01),, “qoʻzgʻaluvchanlik,
zoʻriqish-boʻshashish
” (rq-0,449; r≤0,01).
Ushbu holatlardan koʻrinadiki, bugungi kun pedagogi imijining toʻlaqonli
shakllanishida ularning
oʻziga boʻlgan ishonchini oʻstirish muhim ekan. Oʻziga boʻlgan ishonchni ijobiy maqsadga yoʻnaltirgandagi
shaxs ham kasbiy samaradorlikni ta’minlaydi. Aks holda pedagog faoliyati uchun salbiy koʻrsatkichlarga
sabab boʻlishi mumkin. Ayni holdagi oʻziga ishonch darajasi maqbuldir, ammo boshqa shaxs sifatlari bilan
garmoniyasini ta’minlash kerak.
Agar ulardagi oʻziga ishonchni qat’iy oʻzlariga ishonch, oʻzlarini “oʻzdan” chiqish holatiga olib
kelish qiyinlikni ta’minlashi, atrofdagilar va hamkasblari ta’siriga berilmasliklari,
oqibatda ularga yoqmay
qolishlariga sabab boʻlishi, haddan tashqari oʻziga ishonish va ta’sirga berilmaslik, ularning faoliyati uchun
maqsadga muvofiq koʻrinish olishi mumkin. Ayni damda pedagog imiji uchun oʻziga ishonchga boshqa
shaxsiy sifatlarni muvofiqlashtirish kerak ekan.
Pedagogik imijni tavsiflovchi shaxslilik sifatlarining navbatdagi korrelyatsiya boʻyicha
tahlilini
pedagoglarning gender xususiyatlariga koʻra amalga oshirishni lozim topdik. Navbatdagi 2-jadvalda pedagog
ayollarning koʻrsatkichlarining korrelyatsiyasi aks etgan.