, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
61 
1. Oʻqituvchining yordamida bajariladigan reproduktiv mashqlar. Bunday mashqlarni bajarish 
jarayonida oʻqituvchi oʻz oʻquvchilariga yaqindan koʻmaklashadi va ularga xatolarni qanday izlash, topish 
yoʻllarini koʻrsatadi.
2. Reproduktiv mashqlarning yana bir turi xatolarni qanday topish oʻquvchilarga aytilmaydi. Ularning 
oʻzi kamchiliklarni izlash va bartaraf etish yoʻllarini aniqlashlari lozim.
3. Oʻquvchi oldiga mustaqil vazifalar qoʻyadigan, uni izlanishga undaydigan qisman mahsuldor 
mashqlarni bajarish vazifasini qoʻyish. 
4. Baholash va tashxislash obyektini mustaqil izlashga undovchi ijodiy mashqlar. Bunday mashqlar 
muammoni oʻziga xos tarzda hal qilish imkonini beradi.
Oʻquvchilarda oʻz-oʻzini takomillashtirish, mukammallashtirish orqali baholash va tashxislash 
koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan mashqlarni tanlashda quyidagi qonuniyatlarga tayanish lozim:
- birinchi turkumga mansub mashqlar oʻzida kuzatuvchanlik, harakatni baholash, harakat natijasini 
toʻgʻri tavsiflash va oʻz xatolarini tuzatish imkonini berishi kerak; 
- ikkinchi yoʻnalishdagi topshiriqlarda oʻquvchining ishidagi xatolarni uning sinfdoshlari izlaydi. 
Tashxislash va tuzatish faoliyati esa uning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi; 
- uchinchi turkumga mansub mashqlarda oʻquvchi oʻz faoliyatini mustaqil baholaydi, tashxislaydi va 
unga tuzatishlar kiritadi.
Oʻz-oʻzini baholash va tashxislash faoliyati oʻquvchilarning bu tadbirga ruhiy jihatdan tayyor 
boʻlishlarini taqozo qiladi. Shu bilan birga xatolardan choʻchish, oʻzini shaxs sifatida namoyon qila olish va 
oʻz faoliyati natijasini anglab yetishga tayyor boʻlishini talab etadi. 
Xulosa. Baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirish jarayonining har bir bosqichida maqsad 
va vazifalarining oʻzgarishi baholash va tashxislash koʻnikmalarini shakllantirish metod va vositalarining 
murakkablashuviga olib keladi. Chunki oʻquvchilarda oʻz faoliyatlarini baholash va tashxislash 
koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan modelning barcha elementlari oʻzaro bogʻliq va aloqadordir.

Download 6,23 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish