• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • Pedagog shaxsiga xos psixologik xususiyatlar (Nq350)




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Pedagog shaxsiga xos psixologik xususiyatlar (Nq350) 
    № 
    Omillar 

    σ 
    1. 
    Muloqotga moyillik 
    6,10 
    1,39 
    2. 
    Hissiy barqarorlik - beqarorlik 
    5,41 
    1,24 
    3. 
    Hukmronlikka intilish-tobelik 
    5,80 
    1,14 
    4. 
    Ijtimoiy yetuklik, onglilik 
    5,93 
    1,19 
    5. 
    Ijtimoiy mardlik (dadillik-tortinchoqlik) 
    5,94 
    1,15 
    6. 
    Ishonuvchanlik – shubhalanish 
    5,71 
    1,38 
    7. 
    Oʻziga ishonch – ishonmaslik 
    4,16 
    0,99 
    8. 
    Mustaqillik – tobelik 
    5,65 
    1,47 
    9. 
    Oʻzini nazorat qilish 
    5,96 
    1,21 
    10. 
    Qoʻzgʻaluvchanlik, zoʻriqish - boʻshashish 
    5,75 
    0,98 
    Pedagogning shaxslik xususiyatlari tavsifi oʻz navbatida pedagog imijining ma’lum koʻrinishlari, 
    xususan, kommunikativ xususiyatlari bilan ham uzviy bogʻliq. Bu esa tadqiqot metodikasining “muloqotga 
    moyillik” faktori koʻrsatkichlarida mujassamlashgan. Omillar tahliliga murojaat qilaylik. 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    52 
    Muloqotga moyillik. Mazkur faktorga koʻra sinaluvchilarning koʻrsatkichlari (6,10 ball) quyidagi 
    xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirmoqda. Bunday shaxslar boshqalar bilan hamkorlik qilishga tayyor, 
    diqqat-e’tiborli, qattiq gʻazablanish yoki xursand boʻlish holatlariga (ichki hayajonlanish, ehtiros) 
    tushmaydilar, xulqini boshqara olish qobiliyatiga ega, rahmdil va samimiy, lekin talabchandir. Bu qaysidir 
    ma’noda pedagog imiji uchun zarur fazilatlarni oʻzida aks ettirmoqda deyish mumkin. 
    Hissiy barqarorlik-beqarorlik. Mazkur faktor boʻyicha sinaluvchilar (5,41 balla) emperik qiymatlari 
    quyidagi xususiyatlarga ega boʻldi: ular oʻz hislarini va kayfiyatini boshqara oladi. Agar ularni “ Men”ining 
    “kuchli yoki zaifligi” haqida fikr bildirish kerak boʻlsa, u holda ularning “Men”i kuchi yuqoriroq boʻlib, 
    “Men” konsepsiyasining ijobiy boʻlishiga olib keladi. Ular faoliyatda ma’lum darajada muvaffaqiyat bilan 
    ishlaydilar. Agar ularda, hissiy barqarorlik yanada yuqori darajada boʻlsa, maqsadga muvofiq boʻlur edi. 
    Hukmronlikka intilish-tobelik. Faktorda sinaluvchilar 5,80 ball bilan cheklandilar. Bu esa 
    pedagoglarning atrofidagi odamlar ta’siriga toʻla beriladi deb aytib boʻlmaydi. Koʻproq oʻzlarining tutgan 
    yoʻlini “Men konsepsiyasi”ning ijobiy namoyon boʻlishini talab qiladigan kasbiy ta’siri bilan boʻladi. Shu 
    bilan bir vaqtda atrofdagilar talabini ham hisobga oladilar. Mustaqillini belgilovchi huquqini himoya qilishda 
    ular agressiv emaslar, shu bilan birga ulardan yuqori turuvchi shaxslar oldida tobe boʻlishni ham 
    xohlamaydilar. 
    Ijtimoiy yetuklik, onglilik. Mazkur faktorda pedagoglar 5,93 ballga ega boʻldilar. Ball koʻrsatkichlari 
    pedagog shaxsiga xos quyidagi xususiyatlar mujassamlashganligini ifodalamoqda: afsuski, ular hayotga va 
    ishga yengil qarash, javobgarlikni his qilmaslik, tejamsizlik kabi hislatlardan toʻla ozod emas ekanlar. Ammo 
    bunday holat “Men konsepsiyasi”ning salbiy ekanligini koʻrsatmaydi, balki oʻz xulqini boshqara olish va 
    qa’tiylikning yetarli emasligining oqibati boʻlib hisoblanadi. Har qalay, ular umuminsoniy qadr-qimmatlarni 
    tan olishga va axloq qoidalariga rioya qilishga intiluvchi shaxs sifatida mavqega egadirlar. Bundan 
    koʻrinadiki, pedagoglar imijida kuzatiladigan ayrim xususiyatlarda ularning shaxsiy va kasbiy timsolini 
    ifodalovchi bir biriga nomutanosib xususiyatlar ham mavjud ekan. Bunday nomutanosiblikdan xoli boʻlish 
    pedagogning kasbiy oʻsishi uchun muhimdir. 
    Ijtimoiy mardlik (dadillik - tortinchoqlik). Faktorga koʻra pedagog shaxsiga xos xususiyatlar (5,94 
    ball)ni quyidagicha ifodalash mumkin: ularni ijtimoiy dadillik boʻyicha koʻrsatkichi faoliyat uchun eng 
    maqbul koʻrsatkich. Ular yetarli darajada botir, odamlar bilan aloqaga erkin kirishadilar, muomaladagi 
    qiyinchiliklarni yenga oladilar, kutilmagan holatlarga tushib qolganida oʻzini yoʻqotmaydilar. Bu 
    xususiyatlar pedagoglarning jamiyat tomonidan qoʻyiladigan talablarda sotsial munosabatlar boʻyicha 
    oʻzlarini yetarlicha tayyorlay olganlar deyish mumkin.
    Ishonuvchanlik – shubhalanish. Oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning ushbu 
    faktor boʻyicha koʻrsatkichlari quyidagi munosabatlarni oʻzida aks ettirmoqda (5,71 ball): ular oʻzlarining 
    aqliga asoslanib ishonadi, bu ular faoliyatining samarali boʻlishiga olib keladi. Bu boradagi holatning 
    pedagog imijining intellektuallik xususiyatlari borasidagi tadqiqotimizda ham tahlil qilishga e’tibor 
    qaratamiz. Aslida intellektuallik pedagogning kasbiy va shaxsiy sifatlarining muhim tarkibiy qismi 
    hisoblanadi. 
    Oʻziga ishonch – ishonmaslik. Ushbu faktorning emperik koʻrsatkichlari 5,65 ballni tashkil etdi: 
    ularning oʻziga boʻlgan ishonch darajasi oʻz muvaffaqiyatsizliklarini boshqarish imkoniyatini, boʻlayotgan 
    voqealarni toʻgʻri baholash va ularga munosib javob bera olishni, oʻz imkoniyatlariga ishonchni yuzaga 
    keltiradi. Ularda oʻzini kamsitishga moyillik boʻlmasada, lekin birmuncha yuqori darajadagi tez xafa boʻlish, 
    ta’sirchanlik bor. Oʻzilariga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga harakat qilishi kerak. Kasbiy sifatlarini 
    takomillashtirishga alohida e’tibor berishlari muhim.
    Mustaqillik – tobelik. Mazkur faktorga koʻra pedagoglar 5,96 ball koʻrsatkichiga ega boʻldilar. Bu esa 
    quyidagi xususiyatlar xosligini koʻrsatmoqda: ular hamma narsani oʻzlari bajarishni ma’qul koʻrsalar ham, 
    atroflaridagilar tavsiyasi va takliflarini ham rad etmaydilar. Ular mustaqil boʻlishni ham, atrofdagilarga 
    tayanishni ham, ularni qoʻllab-quvvatlashlarini ham xohlaydilar. Ushbu mustaqillik faoliyatlarining samarali 
    boʻlishini ta’minlaydi. 
    Oʻzini nazorat qilish. Faktorga koʻra pedagoglar shaxsida quyidagi xususiyatlar xos ekan (5,96 ball): 
    ular ijtimoiy va axloq normalarini bajarishda qat’iydilar. Koʻpchilik holatlarda tartibli va rejali harakat 
    qiladilar. Lekin har doim ham qiyinchiliklarni yengib, boshlagan ishni oxirigacha yetkazavermaydilar. Ular 
    oʻz faoliyatini samarali tashkil qila olsalarda, har qalay oʻzlarini nazorat qilishga koʻproq e’tibor berishlari 
    ma’qul. 
    Qoʻzgʻaluvchanlik, zoʻriqish - boʻshashish. Pedagoglarning faktorga koʻra koʻrsakichlari 5,75 ballga 
    teng boʻldi. Ushbu ball koʻrsatkichi ularga xos quyidagi xususiyatlarni ifodaladi: ehtiyojlari miqdori koʻpligi 
    tufayli ularda bir muncha zoʻriqish bor, xarakteri notinch, asabiy, ruhiy olami qoʻzgʻaluvchan. Murakkab 
    maqsadlardan oʻzini olib qochish va zoʻriqish birinchi navbatda kasbiy faoliyat natijasi boʻlib, bunga oʻz 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagog shaxsiga xos psixologik xususiyatlar (Nq350)

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish